Idrok va uning turlari Iqrok qoniniyatlari Reja: Idrok haqida tushuncha Idrokning predmetliligi va yaxlitligi Idrokning konstantligi va anglanganligi Appertseptsiya Idrokning turlari Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma'lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi. Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi obyektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni shu olamning o'ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma'lumot, obraz (masalan, o'qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko'z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo'lmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma hisoblanmaydi. subyektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma'lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to'yish va harakat sezgilari muhim rol o'ynaydi. Harakatlar ishtirok yetmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo'lmagan, ya'ni tashqi olam obyektlariga qaratilmagan bo'lar edi. Idrokning murakkabligi Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o'ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni ana shu olamning o'ziga solishtirib ko'riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) ta'minlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to'g'riroq aks ettirishni ta'sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo'ladi. Idrokning yaxlitligi. yuqorida ko'rsatganimizdek, idrok sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O'z-o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
716.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
716.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: ppt