Idrok. Xotira - rasmi

Material tavsifi

Reja Idrok haqida tushuncha. Idrokning xususiyatlari. Idrokning turlari. Xotira haqida tushuncha. Xotira mexanizmlari. Xotira turlari. Xotira jarayonlari. Tayanch iboralar: Idrokning umumiy xarakteristikasi. Idrok turlari va asosiy xususiyatlari. Idrok bilish faoliyati sifatida. O'quv jarayonida idrokning xususiyatlarini hisobga olish. Idrok va motivatsiya, appertseptsiya, predmet va fon. Pertseptiv vazifalarni yechishga muomala va hamkorlikdagi faoliyatning ta'siri. O'quvchi va pedagoglarda ijtimoiy pertseptsiyaning yosh va kasbiy xususiyatlari. Idrok xususiyatlarini o'rganish. Mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazishda idrokdagi individual farqlarni hisobga olish: idrok qilish xarakteri va usuli, fazoni idrok qilish, vaqtni idrok qilish, dominant idrok turi. Xotira haqida tushuncha. Xotira jarayon sifatida. Mnemik amallar: guruhlarga birlashtirish, ma'nosiga asoslanish, eskini yangi bilan bog'lash, klassifikatsiya, analogiya, verballashtirish va h.k. Xotira samaradorligining motivga, qiziqishga, shaxsdagi oldindan shakllangan munosabatga, pedagog faoliyatiga bog'liqligi. O'quv jarayonida xotiraning xususiyatlarini hisobga olish. Xotira turlari, xotira tiplari, xotira jarayonlari va ularning psixologik xarakteristikasi. Xotiradagi individual farqlar. Xotira samaradorligiga idrok qilinayotgan o'quv materialining boshqa mavjud materiallar orasidagi o'rni, hajmi, mantikiyligi, tuzilishi, assosiatsiyalarning mavjudligi, hissiyligi va h.k. ta'siri. Xotirani rivojlantirish. IDROK HAQIDA TUSHUNCHA Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Idrok narsa va hodisalarni yaxlit, bir butun holda aks ettiradi. Lekin idrok ayrim sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma'lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi. IDROKNING PREDMETLILIGI. Idrokning predmetliligi obyektivlash ham deb ataladi va tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni shu olamning o'ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma'lumot, obraz (masalan, o'qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko'z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo'lmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma hisoblanmaydi. Su'bektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma'lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda tuyish va harakat sezgilari muhim rol' o'ynaydi. Harakatlar ishtirok yetmagan taqdirda bizning idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo'lmagan, ya'ni tashqi olam obyektlariga qaratilmagan bo'lar edi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojat qilamiz. B.G.Anan'ev tomonidan bemor kishida ko'rish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug'lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz, ma'nosiz dog'larni ajrata boshlagan. U birorta obyektning predmet sifatidagi xususiyatini SO'Z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko'zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko'rish sezgisining o'zi narsalarni aks ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga