Ijtimoiy fikr va jamiyatning axborot-psixologik himoyasini ta'minlash Reja: Omma ongi va ular bilan psixologik manipulyatsiya qilish xususiyatlari. Axborot muhitda jamiyatning psixologik immunitetini shakllantirish tushunchasi, maqsadi va vazifasi. Milliy madaniyat, an'ana va udumlar, fuqarolik pozitsiyalari va vatanparvarlik hissi - begonag'oyalar ta'siriga ijtimoiy immunitetni shakllantirish asosi sifatida. Omma ongi bilan manipulyatsiya qilishning ayrim usullariga quyidagilar kiradi: Anekdotlar. Bu orqali yani kulgi, hajv, yumor va satira orqali yolg'on materiallar rostmanga sifatida tinglovchiga etkaziladi. 25-kadr texnologiyasi 20-asr oxirida keng avj olgan buzg'unchig'oyalarni omma ongiga majburiy, zo'rlab kiritish texnologiyasi bo'lib, bu asosan kino texnikasi yordamida amalga oshiriladi. Kinofilm namoyish etishdagi fizik qonun - stroboskopiya effektidan foydalanib, 24 kadr o'rniga 25-kadr ham kiritiladi. Biroq, bu 25-kadr umumiy mavzudan begona, yani, buzg'unchig'oyani targ'ib etuvchi materiallarni tinglovchi va tomoshabinga ong osti darajasida kiritishga mo'ljallangan. Tomoshabin namoyish jarayonida 25-kadr materiallarini bevosita ko'rish imkoniyatiga ega emas. Yani u 25-kadrni ko'rmaydi, biroq, ong osti darajasida ushbu axborot qabul qilinadi va miya faoliyatida malum izlar qoldiradi. Shuning uchun ushbu texnologiya ijtimoiy jihatdan xavfli ta'sir qurollaridan biri sifatida etirof etiladi. Uydirmalar (insinuatsiyalar) ham omma ongiga psixologik ta'sir etish usullaridan biri bo'lib, uni har qanday (kam yoki ko'p darajada) amalga oshirish ommaning malum ijtimoiy guru hyoki alohida olingan a'zolarida salbiy ta'sir qoldirishi mumkin. Bunday usuldan chet OAVlari, ayniqsa turlig'arazli maqsadlardagi radiokanallar ko'p foydalanishadi. Obro'sizlantirish (komprometatsiya) ham omma ongiga psixologik ta'sir etish vositalaridan biridir. Mantiqiy xatolar: tezislarda, asoslarda, demonstratsiya (isbot jarayonida) omma ongiga ta'sir etish o'ziga xos ta'sir usuli bo'lib, bunda ham ta'sir etish texnikasi va texnologiyasining eng nozik jihatlaridan foydalaniladi. Soxta reytinglar reklamasi va uni targ'ib etish malum miqdorda omma ongida malum voqea-hodisaga nisbatan o'ziga xos munosabatni shakllantirish sifatida malum ahamiyatga egadir. Bunda asosiy etibor ushbu reytinglarning soxta ekanligini anglash va uni asos sifatida qabul qilmaslikdan iboratdir. Soxta so'rovlar turli chet el radio va telekanallarining arzon quroli bo'lib hisoblanadi. Ko'pincha ular yolg'on so'rovlar natijalarini go'yoki haqiqiy ma'lumot sifatida elon qilishadi. Tinglovchilarni ishontirish uchun yolg'on ekspertlar, soxta tahlilchilar, fikr bildiruvchilar materiallarini ham berishadi. Aslida esa bularning barchasi soxta ma'lumotlar bo'lib, hech qanday asosga ega emasdir. qayta-qayta takrorlab majburiy ishontirish (vnushenie) sinovlardan o'tgan usul bo'lib, bu usul ham asosan chet el radio va telekanallarining ish uslubini belgilaydi. Jumladan, ular kichik, hech qanday asosga ega bo'lmagan «material»ni olib, uni qayta - qayta, hatto bir necha yuzlab marta efirga uzatishadi va shu orqali tinglovchi ongiga majburiy ravishda soxta materialni kiritishga urinishadi. Soxta press-reliz tayyorlash ham ijtimoiy ongga ta'sir etish usullaridan biridir. Soxta press-relizlar tayyorlash va uni tarqatish orqali ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.95 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.95 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: ppt