Ijtimoiy hayot o'zgarishlari

Ijtimoiy hayot o'zgarishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy hayot o'zgarishlari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy hayot o'zgarishlari O'zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo'lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo'lida qancha ko'p tajribaga ega bo'layotgan ekan, ilgari uchramagan og'ir, o'ta murakkab sinov va hayot to'fonlarini engib, yangi marralarni qo'lga kiritib ezgu orzu-niyatlar sari qadam qo'yayotgan ekan, hech shubhasiz o'zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo'lmish O'zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo'lib bormoqda. Bu O'zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo'lgan zabardast davlat bo'la olishiga mustahkam ishonchdir. Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlardan va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug'diradigan muammolarni hal etish zarur bo'lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo'llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o'zini to'la oqladi. Respublikamiz tanlagan taraqqiyot modeli bo'yicha amalga oshirilayotgan puxta o'ylangan siyosat bugungi kunda o'z samarasini bermoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun XXI asrdan boshlab ijtimoiy-madaniy sohada amalga oshirilgan ishlar taraqqiyot uchun qanchalar katta mehnat va kuch sarflanayotgani, diqqat va etibor qaratilayotganidan dalolat beradi. 200 yil malumki «Sog'lom avlod yili» deb elon qilindi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad barchamizning tayanchimiz va suyanchimiz bo'lgan farzandlarimizni har jihatdan sog'lom va barkamol, el-yurt uchun chin dildan qayg'urib yashaydigan insonlar qilib tarbiyalash, millatimiz, xalqimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bo'lgan bu muhim masalaga mas'uliyat hissini shakllantirishdan iborat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ishlarni qatiy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Davlat dasturi qabul qilingan edi. Ayniqsa, dasturda belgilangan birinchi yo'nalish - sog'lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma'naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoit yaratish yuzasidan qilingan ishlarni alohida takidaash darkor. Shu munosabat bilan «Onalik maktabi», «Tibbiy ishlar asosi», «Balog'at davri» kabi bir qancha dasturlar hayotga joriy etildi. Shuningdek, «Oila kodeksi»ga binoan nikoh qurishdan oldin yoshlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, yosh oilalar uchun dastlabki, besh yil mobaynida dispanser nazoratini tashkil etish ishlari yo'lga qo'yilib, bunga 170 million so'mdan ziyod mablag' sarflandi. Har bir shahar va tumandagi nikohni qayd etish bo'limlari qoshida yoshlarga oila, uning muqaddasligi, mas'uliyati, farzand tarbiyasi kabi o'ta muhim masalalar to'g'risida zarur ma'lumot va saboq beradigan «Oila dorilfununlari» ochilgani, o'sha davrda qisqa vaqt ichida ularda 20 mingdan ziyod yigit-qiz qatnashgani etiborga molik. Jumladan, «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasi tomonidan alohida etibor talab qiladigan hududlarda qariyb 20 ming oila, 30 mingdan ziyod turmush qurayotgan yigit-qiz tibbiy patronajdan o'tkazildi va ularga homiylik tibbiy yordami ko'rsatildi. 5 milliondan ziyod farzand ko'rish yoshidagi ayollar, 6 yoshgacha bo'lgan bolalarning qariyb 98 foizi har tomonlama tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, davolanishga muhtoj bo'lganlari dispanser nazoratiga olindi va ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.1 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.1 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga