Ijtimoiy munosabatlar psixologiyasi. muloqot va uning shakllari Reja: 1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi. muloqot-psixologiya faoliyat sifatida. 2. muloqotning ijtimoiy ahamiyati, uning verbal va noverbal vositalari. 3. muloqot texnikasi va uning bosqichlari. 4. Omma bilan va individual ishlaganda qo'llaniladigan vositalar. muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida urinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni-jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan oglik ehtiyojni kondiradi, shuning uchun xam xar bir inson uchun uning ahamiyati katta. muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chikadigan turli faolliklar mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir, yani xar bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o'yin, o'qish) o'zaro munosabatlar va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki xar qanday ish odamda boshqalar bilan til topishishini, bir-biriga turli ma'lumotlar uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan, o'rni, ishlarining muvaffakiyatli, obrusi, uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda oson kuringan insonning munosabati aslida murakkab jarayon, insonlarga, ular bilan muloqot kila olish psixologiyasiga odam hayoti mobaynida urganib boradi. muloqotning murakkab psixologik jarayon ekanligini B.P.Parigin so'zlaridan bilish mumkin: muloqot shunchali ko'p kirrali jarayonki, unga bir vaqtning uzida kuyidagilar kiradi: a) individlarning o'zaro ta'sir jaaryoni b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni g) bir shaxsning boshqalarga ta'siri jarayoni d) bir-biriga hamdardlik bildirish jarayoni e) shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni. muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud bo'lib, dastlabki bosqich odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uni boshqalar bilan muloqotining xarakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatda o'zini tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshidan kechiradi, deyish mumkin. T.B.Shibutani agar odam ozgina bulsa xam o'zini anglasa, demak u o'z-uziga ko'rsatmalar bera oladi, deb ezgan bu muloqotni birinchi bosqichini anglatadi. Demak, boshqalar bilan muloqot muloqotning ikkinchi bosqichidir. A.N. Leontev muloktning uchinchi bosqichi avlodlar o'rtasidagi muloqotning ahamiyati to'g'risida kuyidagicha yozgan: agar barcha katta avlod ulib ketganda insoniyat turi yuk bo'lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orkaga surilibgina emas, balki yukolib xam ketishi mumkin edi. Xakikatdan xam avlodlar aro muloqotning borligi tufayli xar bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud buladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar hamda ta'lim va kundalik muloqot jarayonlarida avloddan avlodga uzatadilar. muloqot murakkab jarayon bo'lganligi uchun xam ayrim olingan muloqot shaklini analiz kilganimizda, unda xilma xil ko'rinishlar, komponentlar va kismlar borligini aniklashimiz ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.74 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.74 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc