Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti

Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi. 2. Ijtimoiy psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei. 3. Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy fan sifatidagi vazifalari IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING MAVZU BAHSI Insoniyat jamiyati paydo bo'lib, odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash extiejini sezgan davrdan boshlab ularda ijtimoiy psixologik tafakkur, ijtimoiy rux paydo bo'lgan. Insoniyatning eng ilg'or vaqillari bunday rux qonuniyatlarini o'rganish, uning sirli tomonlarini sharhlashga o'rinib kelganlar. Lekin ijtimoiy rux qanchalik qadimiy bo'lsa, uning sirlarini o'rganuvchi fan-Ijtimoiy psixologiya shunchalik navkirondir. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908 yil hisoblanib, xuddi ana shu yil ingliz psixologi V. Magdugall Ijtimoiy psixologiyaga kirish, amerikalik sotsiolog E. Ross esa Ijtimoiy psixologiya darsligini chop etdilar. Bu yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soha bo'yicha kitob yozishlarining o'zi ramziy ma'noga ega bo'lib, bu fanning ikki fan oraligida - psixologiya va sotsiologiya oraligida paydo bo'lganligining yana bir isboti bo'lib xizmat qildi. Ya'ni, Ijtimoiy psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar - ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo'lsa kerak, hozirgi kungacha Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o'rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud. Taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M. Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta'rif beradilar: Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar - ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning obyekti esa ijtimoiy o'zaro ta'sirdir Demak, har odamlar uyushmasida sodir bo'ladigan o'zaro ta'sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar Ijtimoiy psixologiya o'rganishi kerak bo'lgan sohalardir. Rus sotsiologlari G.P. Predvechniy va YU.A. Sherkovinlarning Sotsial psixologiyakitobida esa uning predmeti obyektiv borliqning va unda ro'y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o'ziga xos tarzda in'ikos etilishidir, - deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o'rganish obyektlarini sharxlar ekanlar, ko'prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar. Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini ta'riflashga psixologik yondashuv A.V. Petrovskiy va V.V. Shpalinskiylarning Jamoaning Ijtimoiy psixologiyasi kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha, Ijtimoiy psixologiya -psixologiya fanining shunday tarmogiki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o'zaro ta'sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o'rganadi. Shuning uchun ham Galina Andreeva Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o'rinda uch xil yondashish borligini e'tirof etadi. Birinchisi, sotsiolog yondashish bo'lib, uning tarafdorlarining fikricha, Ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni - halqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo'lishini o'rganishi kerak (YU.A. Sherkovin, G.P. Predvechniy, R. Pento, M. Gravits va boshqalar). Ikkinchi psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo'lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xaslatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o'rni, mavqei, ijtimoiy ustanovkalar va xoka'zolarga qaratmoq lozim, deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.36 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.36 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga