Ijtimoiy psixologiya fanining yuzaga kelishi va rivojlanishi

Ijtimoiy psixologiya fanining yuzaga kelishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiya fanining yuzaga kelishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Antik davr mutafakkirlari ishlarida ijtimoiy psixologik ta'limotlarining rivojlanishi. 2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai. 3. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi. 4. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va Sobiq ittifoqda rivojlanishi. 5. O'zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o'rni va istiqbollari. ANTIK DAVR MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA IJTIMOIY- PSIXOLOGIK TA'LIMOTLARINING RIVOJLANISHI Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog'liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta'sirida bo'lib, sof ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo'lganligining guvoxi bo'lishimiz mumkin. Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo'lib ajralishiga sabab bo'lgan ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o'rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik hodisalar bilan juda qiziqkanliklarining guvoxi bo'lamiz. Lekin ular bu hodisalarni o'z davri ruhida, o'z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar orasida tushunishga o'ringanlar. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o'rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o'rganish lozim. Ilmiy manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o'zining sezilarli ulushini qo'shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik g'oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko'zga ko'ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog'liq deb yozgan edi. Platon o'zining Davlat va Qonunlar deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o'zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o'zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya'ni, shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo'lgan bo'lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs, Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, sharq faylasuflaridan Beruniy, Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga o'rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik muammo darajasiga kutara olmadi. XIX asrning o'rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora usib borishi, turli halqlarning bir mamlakatida ikkinchisiga kuchishi-migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qo'lay shart - sharoitlar paydo bo'ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxiologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E. Teylor ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni tulik o'rganib chikdi; amerikalik etnogrof L. Morgan xindular turmush tarzini tahlil qilib chikdi, fransuz olimi Levi-BrYo'l esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o'rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.76 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.76 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga