Ijtimoiy psixologiya predmeti va tadqiqot metodlari

Ijtimoiy psixologiya predmeti va tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiya predmeti va tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy psixologiya predmeti va tadqiqot metodlari Reja: Ijtimoiy psixologiya predmeti tushunchasi. Ijtimoiy psixologiyaning boshqa fanlar, psixologiyaning boshqa turkumlari bilan munosabati. Sharq mutaffakirlari qarashlarida sotsial psixologik g'oyalarning talqin qilinishi. Ijtimoiy psixologiya faning vujudga kelishining uch asosiy manbasi. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning asosiy metodlari. Ijtimoiy psixologiya predmeti tushunchasi. Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o'ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma'naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o'rtasidagi Ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi ekanligi bilan etirof etilsa, Ijtimoiy psixologiya o'z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan o'rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so'z borar ekan, uning rasman etirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall o'zining Ijtimoiy psixologiyaga kirish kitobini, amerikalik sotsiolog E. Ross esa Ijtimoiy psixologiya deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - Ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta'rif berildi. Ikkala muallif ham - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo'lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti Ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg'unlikda o'rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. To'g'ri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili ekanligi, ularning Ijtimoiy psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan o'ziga xos qarashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom etayotganligiga asos bo'ldi. Rus olimasi G.M.Andreeva takidlaganidek, Ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi, - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o'z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo'lsa, Ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an'analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun - qoidalariga tatbiq etishga harakat qiladi. Nima bo'lganda ham, shuni asosli tarzda etirof etish zarurki, Ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo'lib ajralib chiqishiga sabab bo'lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida malum muammolarning echilishi uchun yana qo'shimcha alohida fanning bo'lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida Ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Demak, bu fanning tug'ilishi, o'z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo'lgan sotsiologiya va psixologiya fanlari aslida uning ota - onalaridir. Umumiy holda, hozirgi kunda uning predmetini quyidagicha ta'riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga