Ijtimoiy psixologiyani o'qitishning metodik usullari Ijtimoiy psixologiyani o'qitish metodikasida bu fanning nisbatan yoshiigini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bu fan haqida birinchi bor XX asrning boshlarida fikr yuritila boshlangan. Sotsiologiyadagi psixologik maktab vakillari tomonidan birinchi bor ijtimoiy-psixologik nazariyasini yaratishga bir necha bor urinishlar bo'ldi (G. Tard, G.Lebon, U.Makdugall, E.Dyurkgeym) va 1908-yilda bu g'oya ishlab chiqildi. U jMakdugallaming (ingliz psixologi, keyinchalik AQSH da faoliyat ko'rsatgan) «Ijtimoiy psixologiyaga kirisli» kitobi ijtimoiy psixologiya bo'limi bo'yicha birinchi kitob bo'ldi. Shuning uchun bu kunni (1908) ko'pincha ijiimoiy psixologiyaning tarixini boshlanishi deb hisoblaydilar. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishga imkon beruvchi qandaydir umumiy qonunlarni topishga uringan olimlar (misol uchun, odamlar birligi va hamfikrligi manbalarni) olomonni o'rganadilar, ta'sirlanish, fikrlarni o'xshashligi va taqlid qilish, «jamoa tomonlarini», «ruhiy birlik qonunlarini» va boshqalarini o'rganadilar, lekin shu bilan birga ijtimoiy qonunlarni psixologiya qonunlari bilan almashtirib yuborilgani yoki unga bo'ysindirilgan, shaxs insonlar jamoasida yo'q bo'lib ketgan, mustaqil harakat qilish va qarorga kelish qobiliyatini yo'qotgan. Asta-sekinlik bilan shaxsni o'rganish zarurligi tushunib borildi, lekin yakka o'zini emas, guruhdagi boshqa odamlar bilan birga, odamlaming guruhdagi o'zaro munosabatlari jarayonida shaxsning xislatlarini odamning ijtimoiy guruhlar bilan munosabatlari natijasida kelib chiquvchi sifatida qarash kerakligi tushunildi. O'sha vaqtning o'zida shaxsni ijtimoiy muhitdan tashqarida o'rganish mumkin emas deb tanilgan edi. Ammo ijtimoiy muhit tushunchasining o'zi shunchaiik tor bo'lganki, odamlaming o'zaro munosabatlari kichik guruh doirasidan chetga chiqmas edi, ya'ni bevosita «yuzma-yuz» aloqalar olib borilgan guruhlardagi o'zaro munosabatlardangina iboral bo'ldi. Jamiyatning o'zi esa ana shunday tasawurlar qatorida psixologik aloqalar to'plami sifatida tushuntirilgan. Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar umuman psixologiyalashtirildi, bu shaxsning va ijtimoiy muhitning haqiqiy munosabatlarini tushunishga, shaxsni ijtimoiy munosabatlar mahsuloti sifatida keng ma'noda har tomonlama o'rganishga imkon bermas edi. G'arbda (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya) 20-yillarda ijtimoiy psixologiya, psixologiya fanida yetakchi yo'nalish bo'lib qoladi, boshlang'ich guruhlarning o'z a'zolariga, ulaming faoliyatiga, odamlaming ishlab chiqarish samaradorligiga, mehnat intizomiga ijobiy va salbiy ta'simi o'rganish, va umuman zamonaviy ishlab chiqarishda psixologik omillarni rolini o'rganish xususan norasmiy munosabatlar va boshqalar amaliy ahamiyatga ega edi. Ijtimoiy - psixologik hodisalarni o'rganish ayniqsa (guruhli rivojlanish jarayoni) ikkinchi jahon umshi davrida faollashdi (bo'limlarning birlashganligi va harbiy jangovor qobiliyat) jangning jiddiy ekstremantal vaziyatlari ta'sir ko'rsatish sharoitlarida guruh ichidagi aloqalaming mustahkamligi va boshqalar. Guruhlar psixologiyasini o'rganish faqatgina ilmiy doirada bo'lib qolmay balki ishlab chiqarishda boshqaruvda xodimlami tayyorlashda, mehnatni ilmiy tashkil etishda, ishchi guruhlarini, ilmiy gnrahlami boshqaruv organlarini tuzishda keng qo'llanila boshlandi. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishi taxminan o'tgan asrning 20-yilIaming boslilarida refleksologiya ijtimoiy hayotni reflekslar to'plami sifatida ko'rsatishga harakat qilgan vaqtdan boshlandi. Undan key-in esa psixotexnika deyarli ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc