Ijtimoiy psixologiyaning asosiy muammolari

Ijtimoiy psixologiyaning asosiy muammolari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy muammolari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy psixologiyaning asosiy muammolari Reja: 1. muloqot va shaxslararo munosabatlar 2. muloqot kishilarning o'zaro munosabatga kirishish jarayoni ekani. 3. muloqot ma'lumot almashinuvi jaryoni. 4. muloqotning interaktiv va pertseptiv tomoni. 5.tadbiqiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi. 6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash. Xar qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma'lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi.Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni,ishlarining muvoffakiyati, obrusi uning muloqotga kirish kobilyati bilan bevosita bog'liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir B.F.Pariginningyozishicha, «muloqot shunchalik ko'p kirrali jarayonki, unga bir vaqtning uzida kuyidagilar kiradi» A)individlarning o'zaro ta'sir jarayoni B. Individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni V.Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni G.bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni. D.bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati S.shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud bo'lib,dastlabki bosqich -odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida ( darsligida ) «Agar odam ozgina bulsa xam o'zini anglasa, demak, o'z-uziga ko'rsatmalar bera oladi», -deb to'g'ri yozgan edi. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshqalar bilan , suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot- muloqotning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich avlodlar o'rtasidagi muloqot.Bu muloqot tufayli xar bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud buladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar hamda ta'lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi kuyidagicha: muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o'rtasidagi ma'lumot almashinuvi jarayoni. muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta'siri. muloqotning pertseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'liq bo'lgan murakkab psixologik jarayon. Xar qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo'ladi. Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulk-atvoridan kelib chikadi. Masalan, rahbarning o'z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti. Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: dustlar suhbati, poezdda uzoq safarga chikkan yulovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo'lgani uchun xam norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida kuprok vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga xam qobiliyat kerak, yani uning kanchalik sergapligi, ochiq kungilligi, suhbatlashish yo'llarini bilish, til topishish qobiliyati, uzgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.2 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.2 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga