Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot uslublari

Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot uslublari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot uslublari - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. 2. Ijtimoiy psixologik ma'lumotlarning ishonchliligi. 3. Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari. IJTIMOIY PSIXOLOGIK tadqiqODLAR METODOLOGIYASI TUSHUNCHASI Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo'lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma'lumotlar to'plash, u yoki bu g'oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o'ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yo'qoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo'lib, ular avvalo jamiyatda ro'y berayotgan keskin o'zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg'unlashuvi, amaliyotning fan oldiga kuyayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nixoyat har bir fanda ro'y berayotgan o'z tadqiqot prinsiplari va tekshirish usullarning qayta ko'rib chiqishga intilishning yakqol namoyon bo'layotganligidir. Ijtimoiy psixologiya to'g'risida gapiriladigan bo'lsa, shuni alohida ta'kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga kuyayotgan talablari o'ziga xos bo'lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha Ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo'ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko'pdir. Shuning uchun ham, G. M. Andreeva Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolariga tuxtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko'pligini ta'kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, -deb yozadi u, - Ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir. Metodologiya tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda gaplashadiganlar turlicha shartlaydilar va tushunadilar. Masalan, Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin metodologiya tushunchasi aslida uslublar yig'indisidan kengrok tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropamamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya'ni, metodologiya tushunchasi konkret metodlar yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi. Birinchidan, empirik ma'lumotlar muammosi, ya'ni kay turdagi ma'lumotlarni ijtimoiy psixologik ma'lumotlar sifatida kabo'l qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma'lumotlar sifatida kuz bilan ko'rib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarni kabo'l qilishsa, kognitiv psixologiya vaqillari faqat ongga taalluqli bo'lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday xajmdagi birliklar tadqiqotchini kanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, Ijtimoiy psixologiya bo'yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yerdamida cheklangan miqdoridagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o'tkazish mumkin - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.86 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.86 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga