Reja: 1. Sanoat Ijtimoiy psixologiyasi. 2. nikoh va oila sohasidagi tadbiqiy tadqiqotlar. 3. Maktabga psixologik xizmat ko'rsatish. SANOAT IJTIMOIY PSIXOLOGIYASI Sanoat yoki industrial Ijtimoiy psixologiya asrimizning 20-yillarida telorizmning shaxsga mexanik tarzda yendoshuvi prinsipi asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog'liq siyosatiga qarshi turgan yo'nalish sifatida hozirgi kunlarda tadbiqiy ilmiy tadqiqodlarning yetakchisi bo'lib kelmoqda. Bu yo'nalishdagi tadqiqodlar ham asosan AQSH da ko'plab o'tkazilgan bo'lib, ularning natijalari keng amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida sanoatda inson omilining roli masalasi g'arb mamlakatlarida ancha durust Yo'lga qo'yilgan. Sobiq sovet ittifoqida sanoat Ijtimoiy psixologiyasi 60-yillarda keng rivojlana boshladi. Bu xususda sotsiologlar V. A. YAdov, A. G. Zdravomislov, V. P. Rojin, ye. S. Kuz'min va boshqalarning ishlarini alohida ta'kidlash mumkin. Bu tadqiqodlar va izlanishlarda olimlar asosan ishlab chiqarish muhitining hamda har bir ishlab chiqarish korxonalardagi katta va kichik birlamchi va ikqilamchi kontakt va kontakt bo'lmagan guruhlarning shaxs ongiga ta'sirini, ishga motivatsiya, samaradorlikni ta'minlovchi psixologik omillarini o'rganishgan. Bu tadqiqodlarda ishlab chiqarishning samaradorligi alohida shart-sharoitlaridan ko'ra insonlar o'rtasidagi munosabatlar, boshlik va buysuvchilar o'rtasidagi aloqalar, umuman, inson omilining nakadar katta rol' uynashi isbot qilingan. Ularda usha uttizinchi yillarda Meyo tomonidan amalga oshirilgan mashxurXotorneksperimentlarida qo'lga kiritilgan asosiy xulosalari o'z isbotini topdi. Hozirgi bozor iqtisodieti sharoitida har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy psixologik tomonini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan ekanligi xech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotga amalga oshiradiganlar alohida shaxslar bo'lib, ularning individual hamda guruhdagi ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissietlari yetakchi rol uynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli formalari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi sharoitda ham odamlar guruh bo'lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun usha guruhdagi ijtimoiy psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro'yi, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlari ta'siri aktual masala bo'lib qolaveradi va ularning xarakteri ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta'sir kursatadi. Yangicha bozor iqtisodieti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonrok bo'lib, bilimlarni ko'prok har bir shaxsning individual psixologik laekatlari va qobiliyatlari ishga munosabatlariga qarab, ularni takdirlashlari ishga jalb etishning turli-tuman formalarini topishlari zarur. Xodimni, ishchini shaxsan, o'rganib, har bir qilgan ishini munosib takdirlash esa (xox moddiy, xox ma'naviy takdirlash bo'lsin) uning qisman testolog bo'lishini, hozirgi zamon psixologiyasining ommabop usullarini qo'llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarini shakllantirishda ham u guruhlar psixologiyasi qonunlarini bilishi, odamlar soni va sifati masalasida ijtimoiy-psixologik jihatdan bilimdon bo'lishi shart. Hozirgi kungacha o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlar natijasida olimlar sanoat korxonalari strukturasidagi ishga halakit beradigan ayrim qiyinchiliklarini aniqlashgan. Xususan ularga quyidagilar kiradi: a) ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.41 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.41 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc