Reja: Ijtimoiy psixologiyaning mustayl fan sifatida rivojlanishining ijtimoiy va ilmiy asoslari . Ijtimoiy psixologiyaning vujudga kelish manbalari . Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi. O'zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishi. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyat tarixiy rivojlanishi bilan bog'liq holda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa falsafiy qarashlar ta'sirida bo'lib sof ijtimoiy -psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo'lganligini guvoxi bo'lamiz. Insoniyat tarixini o'rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy-psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarini kuzatamiz. Lekin ular bu hodisalarni o'z davri ruhida, o'z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Shning uchun ham ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotini o'rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yoritilgan asar yoki kashfiyotchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini o'rganish lozim. Ayniqsa fan tarqqiyotiga falsafa fani o'zining sezilarli hissasini qo'shgan. 2.1-sxema. 2.2- sxema. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflari - Gobbs, Gelvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, sharq faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda izohlashga uringanlar, lekin hech qaysisi bu muammoni ijtimoiy - psixologik muammo darajasiga ko'tara olmadilar. XIX asrning o'rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o'sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko'chishi - migratsiya munosabati bilan bir qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo'ldi. Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy manbalaridan bari bo'lgan sotsiologiya fanining xizmatini ko'rsatmay bo'lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar: Srnday qilib sotsiologiyada psixologik yo'nalish paydo bo'ldi. G. Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o'rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt - bu ijtimoiy aql, tafakkur bo'lib, u Jamiyat psixologiyasi yoki sotsiologiyaning bahs mavzuidir. Yuqorida qayd etilgan ilmiy falsafiy, ijtimoiy manbalar shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy - psixologik g'oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga o'xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fanning - ijtimoiy psixologiyaning paydo bo'lishi uchun zamin rolini o'tadi. XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga aniq topshiriqlar qo'ya boshladi. Shuning uchun psixologiya fani oldida tadqiqotlar asosida psixologik qonuniyatlarni asoslash vazafasi turar edi. Ikkinchidan esa Amerikada ko'pgina psixologlar o'z tadqiqot obyektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o'rganishni kichik guruhlarga ko'chira boshladilar. Bu davrda psixologiyada uch asosiy oqim: 2.3- rasm. Bu oqimlar ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlarlar doirasida o'rganish tendensiyasi paydo bo'ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksprementlar o'tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo'lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.16 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.16 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc