USTANOVKA Reja: 1.Ijtimoiy ustanovka tushunchasi. 2.Ijtimoiy ustanovkalarni o'rganishda Uznadze maktabi tadqiqotlarining ahamiyati. 3.Ijtimoiy ustanovka strukturasi. 4.Ijtimoiy ustanovkalarning emotsional kognitiv va xatti-harakat komponentlari. 5.Ijtimoiy ustanovkalar o'zgarishi muammosi va uning nazariy va amaliy ahamiyati. Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi ko'tarilganda, ijtimoiy tajribaning u tomonidan qanday yo'l bilan va qay darajada o'zlashtirilganligi ijtimoiy ustanovka fenomeni orqali tushuntiriladi. Ma'lumki, ustanovka muammosi dastlab gruziyalik psixologlar, jumladan, D.N.Uznadze tomonidan fanga kiritilgan edi. Lekin ushbu jarayonning psixologik qonuniyatlarini o'rganish oddiy ustanovka bilan ijtimoiy ustanovka o'rtasida muayyan farqlar borligini isbotladi. Chunki D.Uznadze konsepsiyasiga muvofiq, ustanovka subyektning yaxlit bir dinamik holatini, uning qandaydir faollik va harakatlarga tayyorligini bildiradi va asosan ikki omilning ta'sirida nmoyon bo'ladi: subyektning ehtiyojlari va muayyan obyektiv vaziyatning holati. YA'ni, konkret bir vaziyatlarda u yoki bu ehtiyojni qondirishga yo'naltirilgan va qandaydir ma'noda odatiy shakl olgan holat ustanovka deb ataladi. Uznadze ustanovkani keltirib chiqaruvchi vaziyatni tahlil qilganda, uning ijtimoiy omillarga bog'liq tomonlariga, shaxs hayoti mobaynida orttirgan ijtimoiy tajribasi nuqtai nazaridan qaramagan edi. moslashtiruvchi - attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo'lgan obyektlarga yo'naltiradi, moslashtiradi; bilish funksiyasi - konkret obyektga nisbatan mavjud vaziyatda anchagina qulay bo'lgan xulq-atvor shaklini tanlashga yordam beradi; namoyon etish funksiyasi - individni shaxs sifatida, muayyan qadriyatlarga e'tiqodi bor inson sifatida tutishini ta'minlaydi; himoya vazifasi - shaxsning ichki ziddiyatlarini bartaraf etish va turli vaziyatlardan chiqib ketishiga imkon beradi. Kognitiv komponent - bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog'liq jihatlar; Affektiv komponent - bu obyektga nisbatan hissiy munosabatlar, uni emotsional baholash, yoqtirish-yoqtirmaslik bilan bog'liq subyektiv holatlar; Xulq-atvor komponenti (yoki konativ) - obyektga nisbatan real xatti-harakatni tushuntiruvchi jihatlar. Birinchi jabha - bevosita oilaviy sharoit bo'lib, unda insonning asosiy oddiy ehtiyojlari ilk yoshlikdan qondiriladi. Ikkinchi jabha - bevosita muloqot amalga oshiriladigan kontakt, kichik guruhlar bo'lib, individ bu muhitda o'zini namoyon etadi. Uchinchi jabha individ hayot-faoliyatini amalga oshiradigan kengroq ijtimoiy borliq bo'lib, unda u mehnat qiladi, dam oladi, maishiy muammolarini hal qiladi. To'rtinchi jabha shaxsni bevosita o'rab turgan milliy-madaniy borliq, undagi mafkuraviy i madaniy qadriyatlarning o'zlashtirilishi tufayli namoyon bo'ladigan xatti-harakat aktlarini qamrab oladi. Bu konkret geografik hudud, Vatan, yurti va undagi qadriyatlardir. Demak, yuqorida ajratilgan har bir jabhada inson o'ziga yarasha alohida ehtiyojlarini qondiradi va u mos ravishda muayyan ish-harakatlarga tayyor bo'ladi. Yadov yuqoridagi jabhalarga mos keladigan konkret vaziyatlarni va ularning individga ta'sir ko'rsatish darajalarini ham ajratadi. Masalan, birinchi, eng quyi bosqichdagi vaziyatlarda oddiy predmetli muloqot va tez o'zgaruvchan ehtiyojlarga aloqador holatlar namoyon bo'ladi. Ikkinchisida ko'proq guruh doirasidagi muloqot va undan orttirilgan tajriba nazarda tutiladi. Uchinchisida - nisbatan turg'un bo'lgan, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
424.79 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
424.79 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: ppt