Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik aspektlari

Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik aspektlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik aspektlari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik aspektlari Reja: 1.Ijtimoiylashish jarayonini tadqiq etishda sotsial psixologiya va genetik psixologiyaning o'zaro ta'siri. 2.Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik va sotsiologik aspektlari. 3.Jamiyat va shaxs o'zaro munosabati, shaxs aktivligi. 4.Individ ijtimoiylashishining asosiy bosqichlari. 5.Ijtimoiylashish mexanizmlari va institutlari. Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo'lib, bu shaxsning uni o'rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta'sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o'zlashtirishga moyilligi, o'zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma'nosida insonning tug'ilib, o'zini bevosita o'rab turgan tashqi muhit ta'sirida ulg'ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o'chog'i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi ta'lim muassasalari, Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o'sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta'sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo'lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo'lish yoki xulqning tashqi salbiy ta'sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi. Shunday qilib, tor ma'noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. Ijtimoiylashuv tushunchasi ma'no jihatdan yaqin bo'lgan ikki xil tushuncha bilan bog'liq: tarbiya va moslashuv. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma'no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo'lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo'ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya'ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko'nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko'rinishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o'zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o'rganadi, jamoatchilik sharoitida o'zini tutish ko'nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma'noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashiga asoslanadi. Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi: bolalik davrida orttirilgan tajriba - bu jarayon psixik funksiyalarning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo'lishi bilan parallel ravishda kechadi; ijtimoiy institutlar - ta'lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o'quv yurtlari va undan yuqori pog'onalardagi ta'lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir; muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta'siri. Bu o'rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi. Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o'rab trugan ijtimoiy borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o'z aksini topgan bo'ladi. Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko'p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga