Ilk bolalik davri Reja: 1. Ilk bolalik davri to'g'risidagi psixik nazariyalar. 2. Ilk bolalikda jismoniy o'sish. 3. Ilk bolalikda psixik jarayonlarning o'sishi. 4. Men o'zim konsepsiyasining vujudga kelishi. 1. Ilk bolalik davri to'g'risidagi psixik nazariyalar. Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha o'sish davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof-muhitga, o'zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko'rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi. D.B.elkonin fikricha, bolalarda keng ko'lamli va ko'p miqdordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o'zgartirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishi mayli, tuyg'usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo'lsada, bu muammo bola shaxsiy o'yin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko'rsatadi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o'yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko'zlagan ishni bajarishdagi noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg'u va hisni vujudga keltiradi. Shuningdek, o'z faoliyatida uchraydigan ko'ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish-aks ettirishning yangi shakli ta'sirlanish (reaksiyaga kirishish) ni tarkib toptiradi. . 1 yashar bo'yi 75 (yiliga 25) vazni 9 (yiliga 6) 2 yashar bo'yi 85 (yiliga 10) vazni 12,5 (yiliga 3,5) 3 yashar bo'yi 92 (yiliga 7) vazni 14 (yiliga 1,5) Suyaklar qotishi va o'sishi protsessi davom etadi. 3 yoshga yetganda sut tishlari chiqib bo'ladi. Umurtqasi rivojlanib bola gavdasini ko'taradigan bo'ladi. Ichki organlarda xam o'sadi. o'pka va yurak harakatlarining aktivligi hisobiga vazn ortib faolligi ortadi. Leykotsit kam bo'lganligi uchun yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo'ladi. Ilk bolalikda jismoniy o'sish. Ilk bolalik davrida harakatlarning shakllanishi orientirovka faoliyati xususiyati o'zgarishi bilan uzviy bog'liqdir. Bola u yoki bu harkatni amalga oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi: unga ko'z yugurtiradi , qo'liga oladi va hokazo. Bolaning predmetlarning shakli, rangi, vazni bilan tanishtirshda kattalar amalga oshrish mo'ljallangan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qay yo'sinda bajarishni o'rgatadilar: Bolani Olib kel, Joyiga qo'y, Rasm chiz, Ushlab tur kabi so'z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo'llari (Qalamni mana bunday ushla, Avval qo'lingga ol, Oldin o'ng qo'ling bilan tut, Qoshiqni bunday ushlab og'zinga olib bor deb) ko'rsatiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o'stirish murakkab jarayondir. Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo'l qo'l operatsiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy qurollardan foydalanish usullarini o'zlashtirish natijasida unda predmetli harakat ko'nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o'zlashtirishda ulardagi muhim va o'zgarmas alomatlarni ajratish ko'nikmasi hosil bo'ladi, natijada umumlashtirish va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
619.26 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
619.26 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: ppt