Reja: Ilk o'spirinlik yoshda jismoniy taraqqiyot. O'spirin shaxsining rivojlanish xususiyatlari. O'spirinning xususiyatlari va kasb tanlashning psixologik xususiyatlari. O'spirinlarning psixologik munosabatlari. Men - koncepciya - individning o'z shaxsi haqidagi nisbatan turg'un, anglangan, boshqalar bilan munosabatlarni tashkil etishga asos bo'ladigan tasavvurlari. U o'spirinlik davrida turli,rang-barang ko'rinishli va intensiv shakllanish davrini boshdan kechiradi. Do'stlik - o'spirinlik yoshida intensiv rivojlanuvchi mustahkam, individual tanlov asosidagi shaxslararo munosabatlardir. O'spirinlarda bu hissiyot o'zaro yozib qo'yilmagan kodekslarga asoslanadi. Do'stlikning barqarorligi esa qadriyatlar oriyontaciyasining bilimi bilan belgilanadi. Qiziqishlar xaritasi - E.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan psixologik metodika. Jismoniy taraqqiyot. Ilk o'spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar mansubdir. Ularda bo'yning o'sishi o'smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda, o'g'il bolalarda 17-18 yoshda bo'yning o'sishi to'xtaydi. O'spirnilarda muskul kuchining o'sishi katta odamnikiga yaqinlashadi. Sportning ko'pgina turlarida o'spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir. Ijtimoiy holati. O'spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega bo'ladi. O'spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi - kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab o'quvchisi bo'lishdan tashqari kollejda o'qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba'zilari bir vaqtning o'zida ham o'qib, ham ishlaydilar. P s i x o l o g i k x u s u s u s i ya t l a r Ilk o'spirnilik eng muhim psixologik xusuisyati - o'z ichki dunyosini kashf etadilar. Ular o'zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy baholay oladilar. Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon hissi, o'z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. Umuman, o'z-o'zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. Ayni vaqtda bu his dramatik havotirli kechinmalarga ham sabab bo'lishi mumkin. O'spirin kechinmalarida asosiy o'rinni kelajak haqidagi o'ylar egallaydi. O'spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o'zining tashqi ko'rinishi haqidagi o'ylardir. Juda ko'pchilik o'spirinlar o'z tashqi ko'rinishini o'zgartirishni xohlagan bo'ladilar. Tashqi ko'rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun fojia darajasiga ko'tariladi. Umuman, refleksiyaning o'sishi, o'z meniga qiziqishning ortishi barcha o'spirinlarga xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo'lib, o'tkinchi xarakterga ega, umuman olganda o'spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. O'spirinlarda refleksiyaning kechishi ko'pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga bog'liqdir. O'spirinlar aql-idrokining xususiyatlari. Bu yoshda o'quvchilarda bilish jarayonlari kichik yoshdagilar kabi intensiv o'smasa-da, lekin mustahkamlanib, stabillashib boradi. O'spirinlarda barcha faoliyat turlarida mustaqil fikr yurita olmaslik ularning jiddiy kamchiligidir. Fan o'qituvchilari har bir predmetdan o'spirinlarni original fikr yuritishga o'rgatishlari zarur. Tafakkur bilan birga o'quvchining nutq faoliyati ham o'sadi. O'spirinlik qobiliyati va layoqatlari o'qish faoliyati davomida namoyon bo'la boshlaydi. O'spirinlarda maxsus qobiliyatlar ko'zga tashlanadi. Kasb ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.93 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.93 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc