Imom Ismoil al-Buxoriy Sahih yo'nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida Amir-ul-mo'minin, Imom al-muhaddisiyn (Barcha muhaddislarning peshvosi) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 yilning 13 mayida (bazi manbalarda 810 yilning 20 iyo'lida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug'ilgan. Go'dakligida otadan etim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og'zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo'r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o'rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to'plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so'z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan. Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo'lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo'yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag'dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo'yicha ta'lim oladi. Shuningdek, allomaning o'zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi. Imom Ismoil al-Buxoriy istedodli, o'tkir zehnli hamda ziyrak olim bo'lgan. Manbalarga ko'ra, Bag'dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko'pincha qorong'u kechalari sham yorug'i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o'sha fikrni qog'ozga tushirar, shu tahlitda bazan shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan1. Imom Buxoriyning o'tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko'ra, u qaysi bir kitobni qo'lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma'lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g'ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga malum bo'lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas. Imom Ismoil al-Buxoriyning o'tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc