Inson ehtiyojlari psixologiyasi

Inson ehtiyojlari psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Inson ehtiyojlari psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ehtiyoj tushunchasi Absolyut va nisbiy ehtiyojlar J.Gelbreytning qarashlari Ehtiyoj tushunchasi shunday atamaki, uning ustida tinimsiz bahs boradi, chunki unda ba'zan axloq yoki mafkuraga asoslangan subyektiv fikrlash elementlari mavjuddir. Ehtiyoj biror narsani tanlashdan avval his qilinishi lozim. Buning ma'nosi shuki, mantiqan qaraganda, biror narsani afzal ko'rish samarali tanlash jarayonidan avval yuz beradi. Agar shaxs tafakkur jihatdan yetuk va aqlli bo'lsa, uning xulq-atvorini oldindan aytib berish mumkin bo'ladi, chunki xulq-atvor oqilona hisob-kitobning natijasi bo'ladi. Ehtiyoj - individ shaxsining madaniy darajasiga asosan spesifik shaklga kirgan muhtojlikdir. F.Kotler ehtiyojga hayot sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan va his qilinadigan qoniqmaslik holati deb ta'rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy ehtiyojga berilgan ta'rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi tendensiyalarning har biriga mos keladigan asliy ehtiyojni tasavvur qilish mumkin, bunda ushbu tendensiyalar soni cheklangandir. Shuning uchun asliy ehtiyojni inson tabiati belgilaydi, va binobarin, jam iyat yoki marketing tomonidan vujudga keltirmaydi, u talab yuzaga kelihdan avval ham yashirin yoki ifodalangan holda mavjud bo'ladi. F.Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o'rtasidagi tafovutlarni o'rnatadi. Istaklar chuqurroq ehtiyojlarni qondirishning maxsus vositalaridir. Asliy ehtiyojlar barqaror va kam sonli bo'ladi, istaklar esa ko'p bo'lib, o'zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar doim ta'sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan mustahkamlansa, maxsus tovarlarga bo'lgan potensial talablarga aylanib boradi. Kotlerning fikricha, marketing istak va talablarga ta'sir qilishga urinadi hamda tovarning o'ziga jalb qiluvchi va arzon bo'lishini ta'minlaydi. Marketing ehtiyojlarni hosil qilmaydi, sababi, ehtiyoj marketologlar paydo bo'lishidan avval ham bor edi. F.Kotler marketing iste'molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta'kidlagan. Ehtiyoj, istak va talabni ko'pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki bu uch konsepsiya o'rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o'zi kamlik qiladi. Ko'rinib turibdiki, ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo'lsa-da, marketing ularga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining yetarli bo'lmaganligi uchun talabga aylantirib bo'lmaydigan istaklarning hosil bo'lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va yemirishlarning muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita javobgardir va aynan shu narsa uni qo'llashda cheklashlar qo'yish zarurligini izohlaydi. Ehtiyojlarni bir nechta turlarini ko'rsatish mumkin. Absolyut va nisbiy ehtiyojlar. Ehtiyoj so'zining lug'aviy ma'nosi tabiiy yoki ijtimoiy hayot taqozosidir. Ta'rifda ikki ehtiyoj ajratib ko'rsatiladi. Dastlabki azaliy ehtiyojlar (tabiy, tug'ma yoki organizmga xos bo'lgan ehtiyojlar) va orttirilgan, keyin paydo bo'lgan ehtiyojlar (madaniy va ijtimoiy ehtiyojlar) bo'lib, ular tajriba, atrof-muhit va jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog'liqdir. J.Keynesning absolyut va nisbiy ehtiyojlar o'rtasidagi farqi ham shunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.75 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.75 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga