Inson taraqqiyotining struktura dinamik o'zgarishlari va xronologik xarakteristikasi

Inson taraqqiyotining struktura dinamik o'zgarishlari va xronologik xarakteristikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Inson taraqqiyotining struktura dinamik o'zgarishlari va xronologik xarakteristikasi - rasmi

Material tavsifi

Inson taraqqiyotining struktura dinamik o'zgarishlari va xronologik xarakteristikasi Reja: 1. Yosh psixologiyasining mikroxronologik xarakteristikasi. 2. Individual taraqqiyotning ziddiyatlari. 3. Inson umrining uzunligiga ta'sir kursatuvchi ijtimoiy, ekologik omillar. 4. Aktseleratsiya va uning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari. 5. Shaxs strukturasi xarakteristikasi. Yosh psixologiyasisining mikroxronologik xarakteristikasi deganda nimani anglatadi? Yosh psixologiyasi bolaning, o'smirlarning psixik taraqqiyoti umumiy qonuniyatlarini, psixik taraqqiyot bosqichlarini, xar bir yoshning psixik xususiyatlarini, hamda individual xususiyatlarini o'rganadi. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib ta'lim va tarbiyaning xech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffakiyatli xal qilib bulmaydi. Yosh psixologiyasi uziga tegishli masalalarni tor eksperemental ravishda o'rganish bilangina cheklanib kolmay, balki bu masalalarni bola hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitida, unga beriladigan ta'lim va tarbiyaning konkret sharoitlarida urgansa muvaffakiyatli rivojlanishi mumkin. Yosh psixologiyasi umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik holatlarni , jarayonlarni va voyaga etgan kishi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini o'rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Yosh psixologiyasi pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun to'g'ridan to'g'ri katiy tavsiyanomalar berishni emas, balki yosh psixologiyasining materiallari va xulosalaridan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri tashkil qilishda foydalaniladi. (Pedagogik psixologiyaning ta'rifi va asosiy tavsifnomasi haqida ma'lumot berish) Yosh psixologiyasini yosh davrlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xar bir yosh davri doirasida katta individual farqlar kurinadi. Yosh davri doirasiga qanday indvidual farqlar kurinadi? Bu birinchidan hayot, faoliyat va tarbiya sharoitining individual variantlari natijasi;Ikkinchidan: tabiiy individual fakrlarning nerv sistemasi, tipologik xususiyatlarning natijasidir. Konkret hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari xilma-xil bo'lgani kabi shaxsning individual xususiyatlari xam turli-tumandir… Bola shaxsining taraqqiyoti (o'sish-miqdoriy jihatdan ortish, taraqqiyot-xam miqdor, xam sifat jihatdan o'zgarishdir. Bola jismoniy usadi, psixik jihatdan taraqqiy qiladi) haqida ikki xil yo'nalish mavjud. 1-yo'nalishga muvofik taraqqiyot avvalgi narsalarni oddiy takrorlanishidan organizmdagi mavjud bo'lgan muayyan sifatlarning shunchaki kupayishi yoki kamayishidan iborat. Bu taraqqiyotning tub sabablarini ochib bera olmaydi. 2- yo'nalishga ko'ra taraqqiyot qarama-qarshiliklar kurashidan iborat. Bu ilmiy, realistik yo'nalish bo'lib, bolani taraqqiyoti organizmning xususiyatlari bilan tashqi muhit sharoiti o'rtasida doimo kelib chikadigan ziddiyat natijasidir deb kursatadi. Bunda uzgarib turuvchi tashqi muhit sharoiti organizmga moslashar ekan, yangi sifatlar hosil kila boradi va u taraqqiy qiladi. Psixik taraqqiyotda qanday ziddiyatlar bo'lishi mumkin? Demak, psixologik taraqqiyot xam qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. 1)Bolaning shu chokkacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar orasidagi qarama-qarshilik.(M: nutqning paydo bo'lishi kattalar bilan munosabatda bo'lish ehtiyojini paydo qiladi.) 2)Bolaning eski xulk-atvori shakllari bilan yangi xatti-harakat yangi tashabbuslar orasidagi qarama-qarshilik (Masalan: Taklid-tashabbuskorli) 3)Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli o'rtasidagi qarama-qarshilik bolaning psixologik taraqqiyoti juda murakkab bo'lib,ziddiyatlar natijasida paydo bo'ladi. Lekin taraqqiyotning qonuniyatlari fanga ayondir. differensial bolalarning psixologik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog'liq bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga