INSONDA AKS ETTIRISH DARAJALARI Reja: 1.ANGLANILGAN VA ANGLANILMAGAN HODISALAR 2.USTANOVKA TUSHUNCHASI 3.PSIXOLOGIYA VA FALSAFADA ONG MUAMMOSI 4.IJTIMOIY VA INDIVIDUAL ONG 5.ONGNING VUJUDGA KELISHIDA JAMOA MEHNAT FAOLIYATI 6.FAOLIYAT VA ONGNING BIRLIGI PRINSIPI ANGLANILGAN VA ANGLANILMAGAN HODISALAR Ma'lumki, inson o'z tabiati jihatidan faol (ya'ni har doim bir maqsad asosida harakat qiladigan) mavjudotdir. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha psixik prosesslari va shaxsiy psixologik xususiyatlari uning turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo'ladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning o'zaro bir-biriga ta'sir qilibturishinipg ifodasidir. Bu faoliyat ayrim hollarda tashqi tomongi ifodalasa (harakatlarda, yurish-turishlarida ifodalansa ichki va tashqi harakatlar bir butunlikda namoon bo'ladi. Hayvonlarning faoliyati sistemasi va psixikasining rivojlanganligiga qarab birmuncha murakkab bo'lishi mumkin, ammo ularning hayoti har qanday hollarda ham tashqi borliqning talabiga organizmning biologik moslashishi bilangina chegaralanadi. Odamning hulq-atvori, faoliyati esa tomomila boshqacha harakterdadir. Inson hayvonlar hatti-harakatlaridan farq qilib, avvalo, ijtimoiy harakterga egadir. Inson o'zining sa'iharakatlarini ilk yoshidanok, butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo'naltirilib boradi. Hatti- harakatning bu turi shu qadar o'ziga xoski, uni ifodalash uchun maxsus termin- faoliyat termini qo'llaniladi. Inson faoliyatiga xos bo'lgan xususiyatlaridan yana biri u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog'liq bo'ladi ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas. Faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqaribturiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faoliyat bo'lib hisoblanadi. Odam shaxsidagi ongsizlik holatlari kishining o'zi anglamagan xolla qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishidir. Bunda hatti- harakatlar turlicha ixtiyorsiz reaksiyalarda, hulq-atvorda, psixik hodisalarda namoyon bo'ladi. Hayvonlar psixikasiing paydo bo'lishi va o'sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning ya'ni faqat insonga xos bo'lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo'ladi. Inson ong egasi bo'lganligi tufayli hodisalarning o'zaro sababiyatlari, boғlanishlarini va bu boғlanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o'z oldiga muayyan maqsadlar qo'yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko'radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya'ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga boғlagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e'tiboran paydo bo'lgan. Odamning eng avvalgi ota-bobolari to'da-to'da bo'lib yashashi mehnat jarayonida inson jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta'sir etib va uni mehnati bilan o'zlashtirish jarayonida o'zining tabiatini ham o'zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan. Inson ongining taraqqiy qilishida so'zsiz mehnat jarayoni muhim rol o'ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o'z ehtiyojlari uchun kerak bo'lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo'lgan yog'och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan. USTANOVKA TUSHUNCHASI Shuni ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: ppt