Insoniy munosabatlarda fikrlarning rang-barang bo'lishi R e j a : 1. Fikrlar xilma-xilligining sabablari. 2. Nizoli vaziyalarning turlari. 3. Nizoli vaziyatlarning shart-sharoitlari. 4. Nizoli holatlarda shaxs toifalari. 5. Namoyishkorona toifadagi nizoli shaxs. K I R I Sh Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta etibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o'rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o'rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o'rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o'rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Insoniy munosabatlarning har qanday tizimida ham fikrlarning rang-barang bo'lishi va ular o'rtasida farqlarning bo'lishi muqarrar holdir. Fikrlar rang-barangligining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1. Alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi; 2. Ayrim alohida jamoa a'zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy, guruhiy nomalarga zid kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va hoka'zolar); 3. Jamoa a'zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar; 4. Ishni tashkil eti shva mehnatga munosabatdagi farqlar; 5. Ishchi xodimlar o'rtasidagi vazifalarning to'g'ri taqsimlanmaganligi. Nizo - muloqot ishtirokchilarining har biri uchun muhim bo'lgan muammoni hal eti shvaqtida ular o'rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir. Nizoning asosimuloqot ishtirokchilarining biri ikkinchisining o'z ehtiyojlarini qondirish, o'z maqsadlariga erishish jarayoniga to'sqinlik qila boshlashi tufayli poaydo bo'ladi va bu nizoli vaziyat sifatida qaraladi. Muloqot ishtirokchilarining Ushbu nizoli vaziyatda vujudga kelgan to'siqni bartaraf etish uchun amalga oshiruvchi harakatlari nizoni, yani ochiqdan ochiq qarshi kurashni keltirib chiqaradi. Demak nizoning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: Muammo Q nizoli vaziyat q nizo. Nizoli vaziyatlarning bir nechta turlari mavjud: 1) ta'sirning yo'nalishiga ko'ra: vertikal va gorizontal nizolar; 2) Nizoni hal qilish usuliga ko'ra: antogonistik va kelishuvga olib keladigan nizolar - kompromiss; 3) Namoyon bo'lish darajasiga ko'ra: ochiq, yashirin, potentsial, asosli. 4) Ishtirokchilar soniga ko'ra: shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo; 5) Kelib chiqish tabiatiga ko'ra: milliy, etnik, millatlararo, ishlab chiqarish, hissiy-emotsional. Konstruktiv nizolar - munosabatlarning yaxshilanishi, muammoning ikala tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi. Destruktiv nizolar - munosabatlarning yomonlashuviga, muammoning hal etilmasligiga olib keladi. Davom etishiga ko'ra uzoq muddatli - ro'yobga chiqish bosqichi cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli - ro'yobga chiqish bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo turlari farqlanadi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.5 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.5 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc