Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida

Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida - rasmi

Material tavsifi

Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida Hozirgi zamon bosqichida insonparvarlik, umummadaniy qarashlar davlat va huquqning dunyoqarash, falsafiy asoslari hisoblanadi. Faqat ular oddiy bayonotlardangina iborat bo'lib qolmay, insonlar hayotida faol, ijobiy kuchga aylanishi shart. Bunga erishish oson emas. Buning uchun: birinchidan, insonparvarlik tafakkuri shiorlar, chaqiriqlar yaxshi istaklardan iborat bo'lmay, balki aniq, umumahamiyatga sazovor tamoyillar va institutlarda o'z tatbiqini topishi kerak. Urush va inqiloblar, totalitarizm dahshatlarini boshidan kechirgan zamonamiz insonlari uchun tabiiy huquqlar kategoriyalari va ularning o'zagi bo'lmish insonning tug'ma ajralmas huquqlari - uning shani va qadr-qimmati alohida ahamiyatli va qimmatli; ikkinchidan, «insonparvarlik etarli darajada chuqur falsafiy zaminga ega bo'lishi, jamiyatning yashashi va rivoj topishini, uning bosqichlari, fazalarini belgilab beruvchi asosiy ijtimoiy kuchlar mohiyati tushunchasi bilan bog'liq bo'lishi zarur»; uchinchidan, insonparvarlik asoslari huquq mohiyatining o'zida aks etishi juda muhimdir. Zero, so'z qog'ozga bitilgan huquqlarning o'zlarining ko'p qirrali ma'naviy-axloqiy mazmunlariga bo'lgan murakkab ziddiyat nisbatlari haqida ketmoqda. O'z navbatida, bu nisbatlar muayyan davr yoxud muayyan mamlakat sharoitlariga bog'liqdir. Insonparvarlik dunyodagi barcha xalqlar, millatlarga xos bo'lgan umumiy xislat va fazilatlardan biri hisoblanadi Bu umuminsoniy qadriyat eng qadimiy turkiy xalqlardan sanalgan o'zbeklarga ham to'la taalluqlidir. Respublikamiz Prezidentining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida bu haqda ajoyib fikrlar bayon etilgan:«Insonparvarlik - bu o'zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo'ravonlik uning tabiatiga yotdir. Bizning xalqimiz o'zining voqealarga boy ko'p ming yillik tarixi davomida ko'p narsalarni boshidan kechirdi - madaniyat, ilm-fan, o'z davlatchiligi yutuqlari nashidasini surdi, o'zaro nizolar, begonalar asorati azobini tortdi, eng yaxshi o'gil-qizlaridan judo bo'ldi. Lekin tarixning o'yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog' tushirolmadi. O'zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug'lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg'usiga hamdardlik mujassamlashgandir». Dastlab, jamiyat nimadan iboratligiga va uni «boshqarayotgan» kuchlarga aloqador bir nechta eng umumiy qoidalarni ko'rib chiqaylik. S.S.Alekseevning takidlashicha, «Kishilik jamiyati shafqatsiz va chorasiz tabiat tobeligidan ajralib chiqqan hamda o'z-o'zini qo'llay oladigan, entropiyaga qarshi tura oladigan ongli mavjudotlarning o'z-o'zidan rivojlanuvchi tizimidan iborat. Jamiyat tizimlar sifatida o'z-o'zini rivojlantirish uchun zaminga ega bo'lishi insoniyat sivilizatsiyasining boshlang'ich nuqtasi bo'ldi». sivilizatsiya sharoitlarida jamiyatning bosh xususiyati ozodlik bo'lib, u asta-sekin yuzaga keladigan sermano, ziddiyatli, ham ijobiy, ham salbiy xislatlarga ega bo'lgan hodisadir. «Ozodlikning ijobiy tomoni, - deb takidlaydi olim, - aql-idrok asosida rivojlanishning mislsiz imkoniyatlaridan iborat, - mohiyatan u oliy maqsadlar, orzu-umidlar, hayot zavqlarining paydo bo'lishi bilan bog'liq koinotdagi yangi davrni bildiradi». Salbiy tomoni - jamiyatning tobora kuchayib borayotgan tabiatdan uzilish xavfidir (bunda yaqin o'tmishda keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga