Integratsiyalashgan ta'limning psixologik mexanizmlari Istiqbolli kelajak va yuksak taraqqiyot sari intilib borayotgan jamiyatimizda bugungi kunda axborotlar shiddati va yangiliklar oqimi tobora o'z ta'sirini ko'rsatib bormoqda. Ayniqsa bu jarayon jamiyatning sezilarli qismini tashkil etuvchi yoshlar ongi va shuurida keskin burilishlar, yangicha qarashlarni vujudga kelishiga ta'sir ko'rsatadi. Yoshlar tarbiyasida, ta'limida qo'llanilayotgan yangicha ta'sirchan yondoshish ularning ertangi kunida ma'naviy-intellektual qiyofasini shakllantiruvchi poydevor bo'lib xizmat qiladi. ta'lim mazmunini takomillashtirish, integratsiyalash, o'ziga xos yondoshishni tashkil etish esa ana shunday tezkor davr taqozosidir. Bugun jahon andozalariga bo'ylashib borayotgan ta'lim sohasida fanlararo uzviylikni ta'minlash, ta'lim tizimiga ilg'or usullar bilan yangi mazmun va shakl berish yangi asr avlodini tarbiyalashning muhim jihatidir. Fan va ta'lim olamida integratsiyalashgan ta'lim xususida, uning mazmun-mohiyati haqida yangi fikrlar, qarashlar yuzaga kela boshladi. ta'limning bunday shaklda tashkil etilishi ta'lim oluvchilarning keng qamrovli tarzda o'zlashtirishlarini, mavjud tasavvur va dunyoqarashlari doirasini yanada mukammal mazmun bilan boyishini ta'minlaydi. Aqlan yetuk, fikran teran, sog'lom fikr yurituvchi va ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan shaxsni tarbiyalash ta'limda yosh xususiyatlariga etiborli bo'lish, o'qitishda ta'limning barcha bo'g'inlararo aloqadorligini tamin etish va shaxs ongi va tafakkurida yangicha g'oya, tasavvurlarni shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy faol usullardan foydalanishni talab etadi. Umumta'lim maktablaridagi ijtimoiy, gumanitar fanlar doirasida ta'limni noan'anaviy usullarini qo'llanilishi o'quvchi yoshlarning ijodiy tafakkurini shakllanishida, muloqot imkonini kengayishida, voqea-hodisalarga nisbatan baholashlari va qarashlarini shakllanishida va yana shuningdek, dars jarayonida vujudga kelgan qizg'in munozara va mantiqiy yechimlarni bevosita ishtirokchisi sifatida o'z faoliyatidan psixologik qoniqish hissini vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. 5-9 sinf o'quvchilarida abstrakt tafakkur, mantiqiy fikrlash, tanqidiy baholash, qiyoslab tahlil qilish imkonini yanada takomillashishida «Muammoli o'qitish», «Aqliy xujum», «Individual o'qitish» kabi turli subyektiv faollikni talab etuvchi usullar orqali ta'limni tashkil etilishi yuqori samarali ahamiyatga ega. Shuningdek, ta'limni didaktik o'yinlar ko'rinishida tashkil etilishi o'quvchilarda ijodiy tafakkurni, ichki faollikni, erkin muloqotga kirishish, o'z xulqini boshqarish, muloqot madaniyati va saviyasini o'zlashtirishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shaxs ma'naviyati, ruhiy olam ko'rinishlari uning muloqoti orqali namoyon bo'ladi. Sir emaski, bugungi kunda yoshlarni muloqot saviyasi, madaniyati, muloqot orqali hissiy holatlarini bayon eta olish imkoniyatida qo'pol nuqsonlar ko'zga tashlanadi. Bu muammo yechimi esa ularni ta'lim jarayonida o'z ustida ishlashlarini tashkil etish, o'zga shaxslarni va o'zini o'zgalar qarashlari (refleksiya) bilan baholay olishlarini yuzaga keltirish orqali hal etish mumkin. Bundan tashqari ta'limda individual xususiyatlarni etiborga olgan holda va ichki imkoniyatlarga ko'ra turli usullarni qo'llanilishi, o'quvchilarni turli vaziyatlarda faollik ko'rsatishlarini talab etilishi ulardagi ochilmay qolgan imkoniyatlarni, zabt etilmagan yangi qirralarni kashf etilishiga turtki bo'ladi. Masalan, «Aqliy xujum» usuli mantiqiy fikrlashni, xotira, diqqat, idrok, xayol, nutq jarayonlari uzviyligini, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.12 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.12 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc