Iqtisodiy psixologiya predmeti va uning ustuvor komponentlari

Iqtisodiy psixologiya predmeti va uning ustuvor komponentlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Iqtisodiy psixologiya predmeti va uning ustuvor komponentlari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy psixologiya predmeti va uning ustuvor komponentlari Har bir sohaning o'z tadqiqot va amaliyot predmetiga ega bo'lganidek, iqtisodiy psixologiyaning ham o'ziga xos ilmiy va amaliy predmeti mavjud. Iqtisodiy psixologiya - turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishish orqali xo'jalik yuritishni maqsad qilgan shaxslar, yaxlit guruh, jamoalarning iqtisodiy tafakkuri hamda iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir xo'jalik subyekti ongida aks etishini o'rganadi. Ya'ni uning predmeti shaxs ongi, xulqida xo'jalik va ishlab chiqarish munosabatlarining aks etishi jarayonidir. Demak, iqtisodiy psixologiya fan sohasi sifatida shaxsni ishlab chiqarish munosabatlarining subyekti va obyekti sifatida o'rganar ekan, avvalo, mehnatining mazmun-mohiyati, hamkorlik qilayotgan shaxslarga nisbatan munosabatlari, baholari, fikr-o'ylari, his-kechinmalari, ijtimoiy ustanovkalari, kasbiy sifatlari, nuqsonlari hamda mehnat faoliyati jarayonida o'z xulq-atvorini tashkil etish mexanizmlarini yoritib beradi. Iqtisod va psixologiyani ilmiy nuqtai nazardan qiziqtiradigan obyektiv predmeti bir-biriga yaqin: ikkisi ham subyekt xulqini kuzatadi. Bunda iqtisodchilarni subyektning bozorga bo'lgan munosabatlari qiziqtirsa, psixologlarni esa, uning faoliyatga bo'lgan individual reaksiyasi va hissiy kechinmalari qiziqtiradi. Har ikkisi ham bilim manbaiga suyangan holda ish ko'radi. Agar iqtisodiy fikrlar rivojiga nazar tashlasak, iqtisod fani resurslardan to'g'ri foydalanish uchun - tabiiy zaxiralar, kapitallar, mehnat rezervlarini nimaga va kim uchun ishlab chiqarish kerakligini aniqlash kerak. Iqtisodning aniq va tabiiy fanlardan ajralib turadigan tomoni shundaki, u aniq shaxs bilan emas, balki yaxlit jamiyat a'zolari bilan ish olib boradi. Iqtisodiy xulq-atvorning mikroiqtisodiyot darajasida namoyon bo'lishini Adam Smit qarashlarida kuzatamiz. Uning g'oyalari nafaqat iqtisodiy qonuniyatlarda, balki inson ichki kechinmalari, xulq-atvori, axloqiy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan psixologik qonuniyatlarda ham o'z ifodasini topgan. Keyns nazariyasidagi yana bir diqqatni o'ziga tortadigan jihat shundaki, u iqtisodiy xulq borasida milliy psixologiyaning ahamiyatiga e'tiborni qaratadi. Shuning uchun, u amerikaliklar va inglizlarning iqtisodiy xulq-atvorlarini taqqoslab o'rgangan. Uning fikricha, amerikaliklar ko'proq olibsotarlik hamda chayqovchilik xususiyatiga moyil bo'lib, bu ularda bozor psixologiyasini oldindan bashorat qila olishga intilishning borligidan kelib chiqadi. Shu sababli, ularning bu xususiyatlari jamg'arma bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlarini ta'minlaydi. Inglizlar esa kutilayotgan daromadlar uchun investisiya hamda sarmoyalar sarflay olishlari bilan ajralib turadilar. Umuman, hozirgi xalqaro hamda davlatlararo aloqalar rivojlanayotgan bir sharoitda turli xalqlar vakillari psixologiyasidagi iqtisodiy jarayonlarga nisbatan munosabatlardagi o'ziga xoslikni ilmiy nuqtai nazardan o'rganish amaliy va tatbiqiy ahamiyatga ega bo'lgan hodisa sanaladi. A.Krilovning yozishicha, inson ilk yoshlik davridanoq murakkab iqtisodiy munosabatlar doirasida va ta'sirida bo'ladi. Ilk bolalikdanoq, u oldi-sotdi, almashinish munosabatlarida bo'ladi va har doim tanlov asosida ish yuritadi. Hayot insonlarni xarid qilish, yo'qotish, orttirish, ish kuchini tabiiy hamda notabiiy rag'batlarga almashtirish va bunda ular orasidan foydali yoki samaralisini tanlashga o'rgatadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga