Iqtisodiy psixologiya tarixi Yaqingacha har qanday iqtisodiy psixologiyaga aloqador xorijiy nazariyalar marksistik yondashuv yo'qligi sababli tanqidga uchragan bo'lsa, hozirda mamlakatimizning bozor munosabatlariga o'tishi tufayli, ko'plab nazariyalarning mazmun va mohiyatiga qarashlar ham keskin ravishda o'zgardi. Biz Amerika, Yevropada shakllangan barcha ilmiy nazariyalarni tahlil qilishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ymagan holda, ularning orasidan eng ko'p shov-shuvga ega bo'lgan ayrimlarinigina hozirgi sharoitlarga moslik yoki mos kelmaslik nuqtai nazaridan o'rganib chiqamiz. Iqtisodiy psixologiya tarixiga nazar tashlasak, iqtisodiy va psixologik qonuniyatlarning asoslanishida bir qator buyuk iqtisodchilar tomonidan o'ziga xos ulush qo'shilganini ko'rishimiz mumkin. Adam Smit (Adam Smith; 1723-1790) iqtisodiyotni mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos solgan, Alfred Marshall (A.Marshall; 1842-1924) mikroiqtisodiyot, J.Keyns (John Maynard Keynes; 1883-1946) makroiqtisodiyot nazariyalarining mualliflaridir. Bu olimlar mehnati samarasida iqtisodchi inson nazariyasi vujudga kelib, unga ko'ra, faoliyat maqsadi samarali natija hamda foyda olishga qaratilgan bo'ladi. Konsepsiyaning alohida xususiyatlaridan biri, bu iqtisodiy egoizm, ya'ni maksimal darajadagi shaxsiy foyda olishga urinish hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi inson g'oyasi bir muncha vaqt yangi shakllarni qabul qilgan holda qotib qoldi. Psixologiyaning mustaqil tarmog'i sifatida iqtisodiy psixologiya XX asr boshlarida rivojlandi. Olimlar uning rivojlanish bosqichini nemis psixologi G.Myuneterberg nomi bilan bog'lashsa, rivojlanishning salmoqli bo'lagi hisoblangan marketing xizmatlarini esa fransuz sosiologi Gorn Tard (G.Tarde; 1902) va amerikalik psixolog J.Katona (G.Katona, 1997) tomonidan amalga oshirilganligini ta'kidlaydilar. U o'z ichiga almashinuv, foydalanish va taqsimlash kabi psixologik muammolarni qamrab oladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ilgarigi iqtisodiy nazariyalarda ma'lum ma'noda psixologik yondashuv mavjud bo'lgan. Ayniqsa, bu an'ana fransuz iqtisodchilaridan J.Sismondi (1773-1842), P.Prudon (Proudhon; 1809-1865), T.Maltus (Malthus, Thomas Robert; 1766-1834), J.Sey (1767-1832), F.Bastia (1801-1850) asarlarida ishlab chiqarishda inson omili masalalarini hal qilish muammosi doirasida ma'lum darajada tahlil qilingan va hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Xususan, J.Keyns, U.Rostou (Rostow, Walt Whitman; 1916-2003), J.Gelbreytlarning ilmiy tadqiqot ishlarida iqtisodiyotni psixologiyalashtirish, uning tilida tahlillar berish an'anasi mavjud. Bu yondashuvlarning barchasida psixologiya bilan iqtisodiyotni bir-biriga yaqinlashtirish, ular o'rtasidagi muammolarni birgalikda hal etish g'oyasi ko'rib chiqildi. Asosan, mualliflarni psixologik omillar sifatida ishlab chiqarish va sanoatdagi iqtisodiy muammolar qiziqtirgan. Shaxsning mehnatga munosabati, undan qoniqishi, fikr va qarashlari, hissiyotlari, irodaviy xislatlari, intilishlari kabilarning iqtisodiy ko'rsatkichlarda aks etish darajasi muammosini har ikki fan uslublari yordamida tahlil qilishga urinish bu mualliflarning deyarli barcha izlanishlariga xosdir. Iqtisodiyotdagi psixologik omil - bu odam yoki yaxlit guruh tomonidan moddiy hayot tarzining ongda aks etishidan kelib chiqadigan holatlar, oqibatlar bo'lib, u bevosita ishlab chiqarishni boshqarish, xo'jalik yuritish uslublarini takomillashtirishning subyektiv manbai, deb e'tirof etilishidir. Demak, iqtisodiyot bir tomondan, shaxs psixologiyasi va uning mazmuniga aloqador bo'lsa, ikkinchi tomondan, insonlarning o'zi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc