Iqtisodiy psixologiyaning dolzarb muammolari va istiqbol tadqiqotlari predmeti

Iqtisodiy psixologiyaning dolzarb muammolari va istiqbol tadqiqotlari predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Iqtisodiy psixologiyaning dolzarb muammolari va istiqbol tadqiqotlari predmeti - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy psixologiyaning dolzarb muammolari va istiqbol tadqiqotlari predmeti Mustaqil O'zbekistonda rivojlanishning dastlabki davrlaridanoq hukumat va Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ilgari surilgan muammolardan biri shu ediki, yoshlarni murakkab bozor munosabatlariga tayyorlash, ularda yangicha tafakkurni shakllantirish bo'lib, bu aynan mulkchilikning yangi shakllari barqarorlashishi jarayoniga yangi avlodni psixologik nuqtai nazardan tayyorlashni nazarda tutar edi. Bu va boshqa hayot taqozosi bilan paydo bo'layotgan masalalar ishlab chiqarish, sanoat va korxonalar, xususiy va kichik korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirishga taalluqli bo'lgan qator dolzarb muammolarni yuzaga keltirdi-ki, ularga quyidagilar kiradi: (a) iqtisodiyotning tarkibiy tizimlari va bo'g'inlarida (korxona, tashkilot va muassasalarda) odamlarning guruh va jamoalarga birlashtirishga aloqador muammolar. Bunda samaradorlik nuqtai nazaridan odamlar soni masalasi muhim bo'lib, hozirda mavjud jamoalarda xodimlar soni 5-6 tadan tortib 100 va undan ortiq kishilar guruhi bo'lib, bu borada aniq bir tavsiyalar ishlab chiqish masalasi izlanuvchilar oldiga turgan vazifalarni anglashni qiyinlashtiradi. Demak, ishlab chiqarish va sanoatning o'ziga xosligini inobatga olgan holda, odamlarning birlashib, jamoa bo'lib ishlashida ularni guruhlashtirishning eng maqbul shartlari qandayligini o'rganish, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish kalitini topishga yordam beradi. Lekin shuni nazarda tutish lozimki, har xil guruhlarda taqqoslash yo'li bilan izlanishlar olib borish va birining natijasini ikkinchisiga yoyish mumkin emasligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shaxsga individual yondashgan singari, har bir ishlab chiqarish bo'g'inining o'ziga xos tabiati va shart-sharoitini hisobga olgan holda boshqaruv ishlarini tashkil etish kerak; (b) birlamchi ishlab chiqarish guruhlaridagi rahbarlar ijtimoiy-psixologik mavqeining turlicha ekanligi, ya'ni smena ustasidan tortib, korxonaning rahbarigacha bo'lgan boshqaruv tizimi o'rganiladigan bo'lsa, ularning haq-huquqlari, imkoniyatlari, lavozimidan kelib chiqadigan huquqlari va burchlari har xil bo'lgani uchun ham, ularning real jamoa va guruhlardagi mavqelari, ta'sir kuchlari har xil bo'ladi. Bu narsa rahbarlarga turlicha talablar tizimini ishlab chiqishni taqazo etadi; (c) ko'p hollarda birlamchi ishlab chiqarish guruhlarida bittadan ortiq rahbar bo'lib qoladi. Masalan, smena muhandisi va sex boshlig'i. Agar ularning rahbarlik usullari turlicha bo'lsa, bu ham muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida korxona va ishlab chiqarishning samarasiga o'zining ta'sirini o'tkazadi; (d) hozirgi bozor sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish va xo'jalik yuritishning turlicha shakllari, turli jamiyatlar (hissadorlik, jamoa, davlat xo'jaligi, xususiy mulkchilik yakka tadbirkorlik va boshqalar) shaklida ish yuritayotganligi, har turli korxonalarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida, ulardagi psixologik muhitni mu'tadillashtirish va ijtimoiy faoliyatni takomillashtirishning o'ziga xos psixologik mexanizmlarini o'z o'rnida o'rganishni talab qilmoqda; (e) ayni bozor talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni takomillashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni muvofiqlashtiruvchi xizmatlar tizimi, xususan, marketing xizmati, amaliy psixologik xizmatni joylarda keng ko'lamda joriy etish, bunga malakali mutaxassislarni jalb etish, ma'rifiy ishlar, tashkiliy tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida keng qamrovli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.97 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.97 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga