iqtisodiy psixologiyaning predmeti, dolzarb muammolari va iqtisodiy psixologik nazariyalarning qisqacha tahlili Reja: iqtisodiy psixologiyaning predmeti. Iqtisodiy psixologiyaning dalzarb muammolari. iqtisodiy psixologiyaning metodlari va ularni qo'llash yo'llari. Iqtisodiy psshsologik nazariyalarga oid qisqacha tahlil. iqtisodiy psixologiyanng predmeti Xar bir fan yo'nalishining o'z tadqiqot va amalayot predmeti bo'lganidek, iqtisodiy psixologiyaning ham o'ziga xos ilmiy va amaliy predmeti bor. Iqtisodiy psixologiya - turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga kiritish orqali xo'jalik yuritishi maqsad qilgan shaxslar hamda yaxlit guruh va jamoalarining iqtisodiy tafakkuri va iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlar ishlab chiqarish munosabatlarining har bir xo'jalik suhbati ongida aks etishini o'rganadi. Yani. uning predmeti shaxs ongi va xulqida xo'jalik va ishlab chiqarish munosabatlarini aks etish jarayonidir. Demak, iqtisodiy psixologiya fan sifatida shaxsni ishlab chiqarish munosabatlarining ham subyekti, xam obyekti sifatida o'rganar ekan, avvalo uning o'z mehnati mazmuni va mohiyatiga, o'zi bilan hamkorlik qilayotgan shaxslarga munosabatlarini, baholarini, fikr-o'ylarini, his - kechinmalari, ijtimoiy ustanovkalarini- professional sifatlari yoki nuqsonlarini, mehnat faoliyati jarayonida o'z xulq -atvorini tashkil etish mexanizmlarini o'rganadi. Shunday qilib, iqtisodiy psixologiya Predmetidagi asosiy kategoriyalardan biri iqtisodiy ong va iqtisodiy xulkdir. Shu ikkala kategoriyaning mutanosibligi, bir-biriga munosabati va konkret faoliyatda, ishlab chiqarish jarayonlarida namoyon bo'lishi xususiyatlarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga egadir. Shu o'rinda bu ikki kategoriyaga ilmiy ta'rif borish joizdir. Bizningcha, iqtisoddiy ong - o'z qarashlari, maqsadlari, dunyoqarashiga ega bo'lgan inson ongida bevosita ishlab chiqarish. o'zlashtirish va foyda olishga aloqador obyektlarning aks etishidir. Yani iqtisodiy ong mavjud bo'lgani uchun ham biz o'z moddiy va ma'naviy ehtiyojlarimizga aloqador bo'lgan nematlar, ularni topish va ko'paytirish yo'llari, jamiyatda o'z mehnatimiz bilan moddiy ishlab chiqarishga ulush qo'shishga oid bilim, tasavvur va hissiyotlarga ega bo'lishimiz mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ongni tashkil etuvchilarga eng avvalo iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqarilgai emotsiyalar va his - kechinmalarni, iqtisodiy munosabatlarning turli jihatlari idrok qilish va tushunishga taluqli pertseptiv idrok elementlarini, iqtisodiy tasavvurlar va iqtisodiy nafaqaxurni, uning oqibati bo'lmish bilimlar, tushunchalar, g'oyalar, ko'shimcha hamda malakalarning aql-farosatga tegishli xususiyatlarini ko'rish mumkin. Demak, iqtisodiy ong murakkab psixolog tuzilma bo'lib. u bevosita iqtisodiy vaziyatlar va shart- sharoitlarning shaxs g'oyasi va gururiga ta'siridan hosil bo'ladi. iqtisodiy amaliy hulk - ishlab chiqarish shart-sharoitlar, 'vositalari va stimullari ta'sirida namoyon bo'ladigan xatti - harakat va xulq - atvordir. Demak, iqtisodiy xulk iqtisodiy ong hamda ishlab chiqarish vaziyatlarining shaxs harakatlarida namoyon bo'lish sifatida qaraladi. Bunda eng avvalo iqgisodiy motivlar, yani ishlab chiqarish shart-sharoitlaridan va shaxsning ularga munosabatlaridan kelib chiqadigan salbiy munosabatlar tizimi katta rol o'ynaydi, Iqtisodiy psixalogiya o'z ilmiy tadqiqot izlanishlari doirasida aynan iqtisodiy ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc