Iqtisodiy sohadagi yutuqlar

Iqtisodiy sohadagi yutuqlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Iqtisodiy sohadagi yutuqlar - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy sohadagi yutuqlar Bizning demokratik jamiyat qurishdan ko'zlagan maqsadimiz yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qati nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan yuqori va yangi sifatdagi turmush darajasi va erkinliklarni ta'minlashdan iboratdir. Bunday strategik maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy asosi bo'lib ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Shu boisdan ham demokratik jamiyat qurishga qaratilgan keng qamrovli tub islohotlarning muhim jabhalaridan biri ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo'naltirilgan iqtisodiy islohotlardir. Iqtisodiy islohotlar jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan uzviy bog'liqlikda amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning nazariy asoslari, strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, muammolari va ularning hal etilish yo'llari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li», «O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida», «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz», «O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari», «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» va boshqa asar hamda ma'ruzalarida ishlab chiqilgan. Yurtboshimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda yozgan asar va qilgan nutqlaridayoq bozor iqtisodiyotiga o'tishdan maqsadni aniq belgilab bergan. Xususan, 1992 yil 2 va 3 iyulda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qilgan nutqida Prezident Islom Karimov «Bozor munosabatlariga o'tish - ko'r-ko'rona maqsad emas, balki iqgisodni o'nglash, jamiyatni yangilash yo'li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng avval, ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo'lib qolishimiz kerak. Agar bozor etim-esirlarning, qariyalar va kambag'al-nochor odamlarning ko'z yoshi evaziga quriladigan bo'lsa, bunaqa bozorning uyi kuysin», - deb takidlagan edi. Bu bilan bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida o'tmish madaniyati va qadriyatlarni tiklash, etim-esir, qariya va kambag'al, kam ta'minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish, qo'llab-quvvatlash, kishilarni ruhan va ma'naviy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalarni o'z oldimizga oliy maqsad qilib qo'yganligimizni ko'rsatib berdi. Shu boisdan ham Yurtboshimiz o'sha asarida «Bozor iqgisodiyoti deb inson ma'naviyatini unutish gunoh bo'ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsakda, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo'lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga keragi yo'q», - deb qayd etgan edi. Mustaqillikka erishgan davlatning yangi jamiyat qurish, uning iqtisodiy asosi bo'lgan bozor iqtisodiyotiga o'tish dasturining ishlab chiqilganligini Yurtboshimiz ushbu nutqida «Bugun SSR yo'q. Uning o'rniga navqiron milliy davlatlar dunyoga keldi. Afsuski, o'sha paytda tuzilgan dasturni ikki qo'llab tasdiqlagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga