Reja: 1. Iqtisodiy xulq psixogigiyenasi 2. Maqsadga muvofiq xulq tamoyillari Iqtisodiy xulq psixogigiyenasi va psixoprofilaktikasi deganda, psixologik yordamning shunday yo'nalishini nazarda tutamizki, uning maqsadi normadagi mehnat sharoitlarida faoliyat ko'rsatayotgan insonlarga noo'rin ishlar qilib qo'ymaslik, agar xatti-harakatlarning salbiy ko'rinishlari yuz bergan taqdirda uni bartaraf etish, ruhan iztirob chekmaslik vositalari yordamida xizmat ko'rsatish nazarda tutiladi. 1. Iqtisodiy xulq psixogigiyenasi Mehnat jamolaridagi iqtisodiy xulq psixogigiyenasi shunday shart-sharoitlar majmuni o'z ichiga oladiki, ular har bir xodimni distresslarsiz me'yorida faoliyat ko'rsatishini ta'minlashi kerak. Normalar va sanksiyalar tizimiga mos tarzda shaxsning o'z imkoniyatlari va iqtidori darajasini anglashi o'z zimmasiga haddan ziyod og'ir vazifalar va mas'uliyatlarni olmasligi, shaxsning jamiyat, oila va shaxslararo munosabatlar tizimidagi mavqeini muvofiqlashtirish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarga e'tibor berish xulq psixogigiyenasining muhim shartidir. Litvalik psixofiziolog K.Dineyka odamlarning o'zaro ta'sir va birgalikdagi faoliyatlari jarayonida kelib chiqadigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish tamoyillarini quyidagicha ifodalaydi: asosiy narsadan ikkinchi darajali narsani ajrata olish; ichki ruhiy xotirjamlikni saqlay bilish; emosional yetuklik va barqarorlik; voqea-hodisalarga nisbatan ta'sir me'yorini bilish; har qanday muammolarga turlicha nuqtai nazar bilan yondasha olish; kutilmagan tasodifiy hodisalarni idrok etishga tayyorgarlik; obyektiv baholay olish qobiliyatining borligi; kuzatuvchanlikning borligi; uzoqni ko'ra bilish; o'zgalarni tushunish qobiliyati; har qanday hodisa va natijadan ijobiy narsani ajrata olish. Bundan tashqari, muallif, shaxslararo munosabatlarini to'g'ri va oqilona bo'lishida donolarcha kulish, chiroyli fikrlar sohibi bo'lish, hayotga falsafiy boqish, unga nisbatan donolarcha munosabatni shakllantira olishni ham xulq kodeksi, jumladan, iqtisodiy xulq psixogigiyenasining asosi bo'ladi, deb ta'kidlaydi. 2. Maqsadga muvofiq xulq tamoyillari Mutaxassislarning e'tirof etishlaricha, maqsadga muvofiqlik tamoyili tushunchasi oddiy ong nuqtai nazaridan qanchalik sodda ko'rinsa, ilmiy tahlil uchun shunchalik murakkab hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada maqsadga muvofiq xulq-atvorning quyidagi ikkita asosiy modeli qo'llanadi: maqsadga muvofiqlik; o'z manfaatlariga ergashish. Quyida biz bu ikki modelni ijtimoiy-psixologik jihatdan batafsilroq tahlilini ko'rib chiqamiz. Maqsadga muvofiqlik O.Uilyamsonning fikriga ko'ra, maqsadga muvofiqlikning uchta asosiy shakli mavjud: Yuqori daraja. U barcha muqobil variantlar orasidan eng yaxshi variantni tanlab olishni nazarda tutadi. Bu tamoyilga neoklassik nazariya ham amal qiladi. Ushbu shart-sharoitlar doirasida firmalar - ishlab chiqarish, iste'molchilar - foydalilik funksiyalari bilan ifodalanadi. Resurslarni iqtisodiyotning turli sektorlari o'rtasida taqsimlash ma'lumot sifatida ko'rib chiqiladi, optimallashtirish esa umumiy hisoblanadi. Cheklangan oqilonalik - bu transaksiya xarajatlari, ya'ni iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan bilishga oid asoslar hisoblanadi. Bu yarim kuchli maqsadga muvofiqlik shakli bo'lib, iqtisodiyotda subyektlarning oqilona harakat qilishga intilishi, biroq amalda bunday qobiliyatga cheklangan darajada ega bo'lishini nazarda tutadi. Bunday ta'rif, uni turlicha talqin qilish imkoniyatlarni o'zida qamrab oladi. Maqsadga muvofiqlikni mutloqo to'g'ri deb bilishga ko'nikib qolgan iqtisodchilarning o'zlari, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.5 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.5 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc