Iste'molchi xulq-atvori O'lchash mumkin bo'lgan, organizmning xohlagan reaksiyasini ta'riflab berish qurbiga ega bo'lgan umumiy atama - bu xulq-atvordir. Nimani xulq-atvor deb aytish mumkin-u, nimani esa aytish mumkin emasligi bahsi bixeviorizm oqimining paydo bo'lganidan buyon davom etib kelmoqda. Oqim tarafdorlarining fikriga ko'ra, asosiy xulq-atvorni aniqlashda urg'u faqatgina yaqqol va ko'zga tashlanadigan reaksiyalarga beriladi. Yillar o'tgan sayin atama ma'nosi ancha kengayib, hozirda undan qator yaxlit reaksiyalarni nomlashda, xususan, iste'molchi xulq-atvorining mazmuni va mohiyatini yoritishda foydalanilmoqda. Iste'molchi xulq-atvorini o'rganish faqat tijorat korxonalariga emas, balki davlat miqyosida ham katta ahamiyatga egadir. Korxona rahbarlari o'z rivojlanish strategiyalarini rivojlantirishlari uchun iste'molchi xulq-atvorini bilishlari zarurdir. Jumladan, muhim vazifalardan biri korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar birinchi navbatda yo'naltiriladigan segmentlar (iste'molchilar guruhi) aniqlanishi lozim. Iste'molchi xulq-atvori - mahsulotlar, xizmatlarni olish, iste'mol qilish va ulardan foydalanishga bevosita yo'naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatga mahsulotlar, xizmatlarni olish, iste'mol qilish va ulardan foydalanishdan oldin va keyin yuzaga keluvchi qarorlarni qabul qilish jarayonlari ham kiradi. Iste'molchi xulq-atvorini iste'molchiga ta'sir etish, yangi tadqiqotlar olib borish, madaniyatlararo istiqbolni belgilash kabi ketma-ketlikda o'rganish mumkin. Iste'molchini xabardor qilish, aldash va boshqa suiste'mol qilishlarni, boshqa amal qiluvchi sud himoyasini qo'llashni hamda kompensasiya olish imkoniyatini ko'zda tutadi. Iste'molchining hayotida foydali bo'lishi mumkin bo'lgan axborot dasturlari, motivasiya va xulq-atvor bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi lozim. Har qanday iste'molchining bir necha variantdan anglab yetilgan va erkin tanlash huquqi erkin tadbirkorlik iqtisodiyotining asosi hisoblanadi. Ushbu huquq biznesdagi suiste'mol qilishlar natijasida buzilganda, hukumat monopoliyalar huquqini cheklashi va adolatsiz savdodagi ko'zbo'yamachiliklarni oldini olishi lozim. Iste'molchilar huquqini himoya qilish to'g'risidagi qonunlar ko'pincha ushbu qonunlarni ishlab chiquvchi huquqshunoslarning uncha katta bo'lmagan guruhining fikr-mulohazalariga asoslanadi. Natijada ushbu qonunlar faqatgina samarasiz bo'lmay, balki ishlab chiqarish sohasi uchun zararli bo'lishi mumkin. Iste'molchilar huquqini himoya qilish to'g'risidagi qonunlarni ishlab chiqishda ko'proq ilmiy izlanishlarga e'tibor berilsa, iste'molchilarning himoyalanishini yanada oshishiga erishiladi. Yaqin kunlargacha iste'molchini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar marketing manfaatlari yo'lida o'tkazilar va pozitivizm paradigmasi ko'rinishini olar edi. Bunda qonunlar va xulosalarni umumlashtirish uchun qo'pol empirik, ya'ni amaliyotda tekshirib ko'riladigan usullar qo'llanilar edi. Hozirgi kunda pozitivizm mazmuni turli usul va maqsadlarni o'z ichiga oluvchi tadqiqot shakli, ya'ni postmodern bilan to'ldirilmoqda. Pozitivizm - dunyoni bilib bo'lmasligi to'g'risidagi pospulatga asoslangan falsafiy oqim hisoblanadi. Amaliyotda ko'pincha modern (zamonaviylik) va postmodern (zamonaviylikdan keyin) tushunchalari asosan san'atdagi turli oqimlari sifatida qaraladi. Shu bilan bir qatorda ushbu tushunchaning siyosiy, iqtisodiy, marketing, psixologik va boshqa mohiyatlari e'tiborga olinmaydi. Modernizmning mohiyati mafkura, iqtisodiyot va bozor g'oyalarining umumlashuvidan iboratdir. Postmodern nazariyalari XX asrning 60-70-yillarida modernizmning yumshoq g'oyalarini birlashuviga intiluvchi totalitar tuzumlarning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.81 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.81 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc