Jahon psixologiyasida muloqot muammosining o'rganilishi Reja: 1.Sharq mutafakkirlarining ijodida muloqot odobi masalalarining o'rganilishi. 2.G'arb psixologiyasida muloqot muammosi tahlili. 3. Sobiq Ittifoq psixologiyasida muloqot muammosi tahlili. 4.O'zbekiston psixologiyasida muloqot muammosining o'rganilishi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy yaqin va o'rta sharqda ilg'or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan bo'lib, Sharq Aristoteli degan unvonga sazovor bo'lgan mashxur shaxsdir.Abu Nasr Forobiyning muloqot haqidagi qarashlari Baxtga erishish haqidagi traktat, Jamiyatni o'rganish haqidagi kitob, Davlat arboblari haqidagi aforizmlar kabi asarlarida o'zining chuqur ifodasini topgan. Muallifning fikricha, barcha insonlar atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarda dilkash, xushmuomala bo'lishi, ularni tinglab olishi, notiqlik san'atini yaxshi egallagan bo'lishi kerak. Boshqalar dardini eshitmaslik muomalaning yo'qligi oxir-oqibatda insonning boshqalar bilan bo'ladigan munosabatning buzulishiga olib kelishini hayotiy misollar yordamida tushuntirib bergan. O'rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan allomalardan biri Abu Rayhon Beruniy bo'lib, u insonlardagi yaxshilik rostgo'ylik, oliyjanoblik, muruvvat, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, mehr-shafqat, do'st-birodarlik kabi fazilatlarni ulug'laydi. Bunday fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan kishi nafaqat o'ziga, balki el-yurtga foyda keltiradi. Yolg'onchilik, yomonlik, raqobatlashish, g'animlik, ichiqoralik, qo'pollik, ikkiyuzlamachilik, o'ziga bino qo'yish kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Ulug' tabib Abu Ali ibn Sino jahon ilmu faniga ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-duyoqarashi xazinasiga ulkan hissa qo'shgan allomalardan biridir. Allomaning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim omillardan biri - axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qanchalik tadbirkor bo'lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayanmasa, u odobsiz bo'ladi, yomonlikka yo'l qo'yadi. Ibn Sino boshqaruvchilardagi insondagi qo'pollik, axloqsizlik alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik kabi xislatlarni, insonlar ustidan qilingan har qanday zo'ravonlikni qoralaydi. Sharq mamlakatlari xalqlarining madaniy-ma'naviy taraqqiyotida ulkan hissa qo'shgan allomalardan biri Yusuf Xos Hojibdir. U o'zining bizga qadar yetib kelgan yagona dostoni bilan jahonga ma'lum va mashhurdir. Doston qahramonlari - hokim Kuntug'di adolat ramzi, vazir Oyto'ldi baxt (davlat) ramzi sifatida, vazirning o'g'li O'g'dulmish aql ramzi sifatida muallif tomonidan o'ylab topilgan, biroq ular mavjud dunyo namoyondalaridir. Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va o'zaro munosabatlarda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga yetishadi, degan shiorni ilgari suradi. U jamiyatda mehnat ahli (dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar) hal qiluvchi rol o'ynashni uqtiradi. Binobarin, Xos Hojib hokimga adolatli bo'lishi, o'zboshimchalik va qonunsizlikka yo'l qo'ymaslikni maslahat beradi. Chunki bu narsa insoniy axloq odob nuqtai nazaridan mutlaqo yomonlikdir. Ikkinchi tomondan haddan tashqari qilingan zulm xalqning sabr kosasini to'ldirishi va isyonga olib kelishi mumkin. Yusuf Xos Hojibning axloqiy qarashlari uning siyosiy va ijtimoiy qarashlari bilan chambarchas bog'liqdir. Uning fikricha, hokimlarning, ularga mute kishilarning har tomonlama axloqiy kamol topishi davlatning siyosiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keladi. Hokim dono bo'lsa boshqaruvning negizini aql va adolat tashkil etadi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc