JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISH UCHUN ZARUR SHAROITLAR TDYuI Ne'matov A Jamiyatning axborotlashuvi deganda zamonaviy axborot texnologiyasi va telekommunikatsiyasi asosida davlat hokimiyati, turli vazirlik va idoralar, ishlab-chiqarish korxonalari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlarining, hamda fuqarolarinig axborotga bo'lgan ehtiyojlarini yetarli va to'la qondira oladigan optimal sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jaroyon tushuniladi. TDYuI Ne'matov A Shunday qilib, jamiyatni axborotlashtirishni jamiyatning kompyuterlashtirilishi ga nisbatan kengroq ma'noda tushuniladi. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta'minlash insonlarning turli-tuman ma'lumotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishda muhim o'rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharqan, voqea-hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati va mohiyatini tahlil etish, o'z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko'pdan-ko'p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariya amaliyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasiz, nazariya esa amaliyotsiz mavjud ham bo'lmaydi, rivojlanmaydi ham. TDYuI Ne'matov A Axborotli muhitning tabiatini tushunishda axborotning bilimga aylanishini o'rganish katta ahamiyatga ega. Bir qarashda bular bir xildek tuyuladi, ammo ularning munosabatini chuqurroq o'rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar o'rtasidagi bog'liqlik» xususiyati borligini ko'ramiz. Jamiyatda odamlar o'rtasidagi aloqa faktori, bilimlar o'rtasidagi «ko'prik» - bu axborotdir. Demak, bilimni «o'zim uchun» axborotga aylantirish (va aksincha) mexanizmi axborotli muhitni vujudga keltirishda alohida o'rin egallaydi. TDYuI Ne'matov A Qadimda axborotli muhit juda qashshoq bo'lib, u tor doiradagi eng kerak va chekli ma'lumotlar majmuasidan iborat edi, bu hol odamlar orasidagi bog'liqlik doirasini ming yillab chegaralab keldi va odamning jamiyat axborotli muhitidagi hissasini kamaytirib yubordi. Bugungi kunda ijtimoiy turli ko'rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo'lib, uning jamiyatda tutgan o'rni beqiyosdir. TDYuI Ne'matov A Oxirgi davrda axborotli muhitda katta o'zgarishlar bo'lib bormoqda. Ana shu o'zgarishlar qog'ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu esa, o'z navbatida, EHMning yanada keng rivojlanishiga sabab bo'ldi. Axborotli muhitning kelajakda, inson hayotidagi o'rni va ahamiyati, bugungi holatidan ancha yuqori bo'lishi uchun bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ko'lamini kengaytirish talab etiladi. Ana shu vazifalar majmuini informatizatsiya (axborotlashtirish) deb atashga kelishib olingan. Buning ma'nosi ijtimoiy faoliyatni zamonaviy EHM va axborotli tizim asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirishdan iborat. TDYuI Ne'matov A Agar kompyuterlashtirish texnik muammolarni o'z ichiga olsa, axborotlashtirish kompleks jarayon bo'lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi va kompyuterlar uning texnik asosinigina tashkil etadi, xolos. TDYuI Ne'matov A . Respublikamizda axborotlashtirish keng yo'lga qo'yilishi bilan, undagi har bir fuqaroga kerakli axborotni kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
892.92 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
892.92 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: ppt