Jinsiy farqlar psixologiyasi

Jinsiy farqlar psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Jinsiy farqlar psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Jinsiy farqlar psixologiyasi Reja: Jinsiy munosabatlar psixologiyasi Nikohdan qoniqish yer-xotin munosabatlari va seksual komponentlarni o'zaro aloqasi Jinsiy hayot masalasi barcha millat xalqini qiziqtirib kelgan. Chunki insoniyat paydo bo'libdiki, bu masala hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Hususan hozirgi kunlarda jinsiy tarbiya erkak va ayol o'rtasidagi munosabat masalalari jiddiy ahamiyatga molik bo'lib qoldi. Shunga qaramay, bu masalaga oid ilmiy, ommabop risolalar kam, bo'lgandan ham juda oz nushada chop etiladi va ko'pchilik odamlar ulardan bahramand bo'la olmaydilar. Malumki, jinsiy tarbiyada sharmu-hayo, odob-axloq tushunchalari muhim rol o'ynaydi. O'zbek xalqi azaldan andishali, sharm-xayoli va odob-axloq bobida ko'pgina xalqlarga o'rnak bo'lib keladi. Hususan yer-xotin, bolalar oldida nihoyatda ehtiyotkor bo'lishadi. yer-xotin o'rtasidagi jinsiy munosabatlarda ana shu odat o'ta ehtiyotkorlik qilish foyda o'rniga zarar keltiradi. Chunki bola o'zi juda qiziqqan savollarga ota-onasidan javob ololmay boshqa yo'l qidiradi. Jinsiy hayot masalasida bilimdon bo'lgan odamlardan noto'g'ri ma'lumot oladi. Keyinchalik bolada shaqlangan bazi buzuq tushunchalarni uning hayot mobaynida to'g'rilashi nihoyatda qiyin bo'ladi. Qizig'i shundaki, biz bolalarni yoshligidan har bir narsaga yurishga, yozishga, o'qishga o'rgatamiz. Biroq, hayotimizda nihoyatda katta ahamiyat ga ega bo'lgan birmuncha murakkab hisoblangan jinsiy hayot masallarini o'rgatishni uyat deb bilamiz. Jinsiy tarbiyada jins anatomiyasi qisman fiziologiya va gigiyenadan tashqari chiqmaymiz. Holbuki so'nggi yillarda yoshlarda bu masalalarga qiziqish ortib bormoqda. Yoshlar so'nggi 10-15 yil ichida muddatidan 4-5 yil oldin balog'atga etmoqda. Yani 19-20 yoshli yigit-qizlarning o'zaro munosabatlarini hozirgi kunda 14-15 yoshli qiz va o'g'il bolalarning o'zaro munosabatlarida kuzatish mumkin. Balog'at boshiga etmasdan jinsiy hayot boshlash hollari kuchaymoqda. Oilani mustahkamlashda yer-xotinning jinsiy hayot masalasiga oid bilimini oshirish kerak. Nikohdan o'tib, oila qurilgandan so'ng, u bir necha bosqichlarni bosib o'tadi. Shulardan eng ko'p kuzatiladigan sotsial va psixiologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigani ham aynan shu yosh oila bosqichiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda yer-xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan bog'liq bo'lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar, ularning mustahkamligini ta'minlash va ularga ijtimioy, iqtisodiy va ma'naviy qullab-quvvatlash, yangi oilaning barqarorligini ta'minlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oilaning mustahkam bo'lishi, yer-xotinning, baxtiyor, tinch-totuv yashashlarida, ularning o'zaro qovishuvi muhim rol o'ynaydi. O'zaro qovishuvlarni shartli ravishda 3 ta tarbiyaviy qismga ajratish mumkin: Biologik Psixiologik Sotsial (ijtimoiy) To'ydan keyingi asal oyi odatda osoyishta, shirin totuvlik bilan o'tadi. Qolgan oylar va yillar ham xuddi shunday yaxshi, baxtli davom etishi uchun nimalarga etibor berish kerak. Yuqoridagi qovishuv turlaridan eng muhimi va asosiysi qay biri degan savollar tug'iladi. Quyida biz ushbu savollarga javob berishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga