Kasb olamining psixologik muammolari Reja: 1.Kasb olamining psixologik muammolari. 2 Kasb olamida psixologni o'rni. 3. Kasb tanlashga yo'llash. 4.Kasblarning psixologik klasifatsiyasi. Ijtimoiy (sotsial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruh-larga birlashishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoli-yati va xulq-atvorini, ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot qiluvchi psixo-logiya sohasi. Qadi^ gi zamondan ijtimoiy-psixologik voqelik fal-safiy nuqtai nazardan o'rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, ja-moa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya fani-ga asos bo'lib psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan. XIX asr-ning ikkinchi yarimida sotsial psixologiyani fan sifatida rivoj-lantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomo-nidan sotsial psixologiya 1908 yildan etiboran alohida fan sifa-tida tan olingan. Bunga asos bo'lib bir vaqgning o'zida angliyalik psixolog U.(V) Makdugall va amerikalik sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda «sotsial psi-xologiya» termini qo'llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQSH-da va boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasi-dan tadqiqotlar o'tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQSHda o'tkazilgan Kotornning tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sotsi-al psixologiya tarixida asosiy rol o'ynaydi. Bu tadqiqotchilarning asosiy obyekti bo'lib kichik guruhlar xizmat qilgan, tajribalar la-boratoriya sharoitida o'tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy o'zaro ta'sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va boshqalarni tekshira-di. Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o'z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, ki-chik guruh psixologiyasi, katta guruhpsixologiyasi, modalar psixolo-giyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, et-nopsixologiya va boshqalar. Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy-psixologik omil-larning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta-sirini o'rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asr-ning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo'lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an'analarni, rasm-rusumlarni bajarish-dagi hissiyot holatlarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Diniy psixologiyani o'rganish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshi-rilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) din psixolo-giyasi differentsiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shak-llangan ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g) diniy rasm-rusumlar psixologiyasi; d) hurfikrlilik ta'limi psi-xologiyasi kabidir. Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o'tka-zish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o'rganuvchi fan-lararo tadqiqot qilishga yo'nalgan psixologiya sohasi. Oila psixo-logiyasi oilaning psixologik muammolarini o'rganadi, u oilaga ta-sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, yer-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, jinsiy tafo-vutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o'rganadi. Oila psixologiyasi tomonidan to'plangan materiallar oila mustahkamli-gini saqlash uchun maslahatlar berishda, sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda qo'llaniladi. Shuningdek, oila ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.51 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.51 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc