Kasbiy psixologiya tarixiy sahifalari Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. 1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo'nalishini paydo bo'lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta'limining shakllanishi masalalariga e'tiborning kuchayishdir. 2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo'lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko'zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi asosida to'plangan ma'lumotlardan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyati bo'lmaydi. O'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an'analar yurtimizda o'zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko'proq insonlarni o'z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hoka'zolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo'lmaganliklari natijasida qaysidir ma'noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo'lgan. Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o'z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya'ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo'naltirish‖ kabi masalalarga e'tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so'rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. YE.A.Klimovdan tashqari ham ko'p chet el olimlari bu masala bo'yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya'ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o'rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko'nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o'rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko'rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo'yiladigan psixologik talablarni o'rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug'ullanuvchi bo'limidan iborat. Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko'rsatkichlarni kiritadi: 1. SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash. 2. Bajarayotgan ishga qo‗yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik. 3. Hayoti davomida ta'lim olish va o‗rganishga tayyorlik. 4. Madaniyligi, o‗zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish. 5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish. 6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi. 7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo'ish. 8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‗nikmasiga egaligi K.Farren kasbning yashovchanlik ko'rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi: 1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog'iqligi. 2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg‗unlashish imkoniyati. 3. Boshqa ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
372.58 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
372.58 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: ppt