Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-psixologik tavsifnomasi

Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-psixologik tavsifnomasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-psixologik tavsifnomasi - rasmi

Material tavsifi

Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-psixologik tavsifnomasi Reja: 1.Katta guruhlar psixologiyasi muammolari. 2.Noformal birlashmalar va stixiyali tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi. 3.Etnik guruhlarni psixologik xususiyatlari. 4. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tadqiq etishni o'ziga xosligi. Har bir shaxs o'z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta'sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo'shilmaydigan individning o'zi yo'q, inson jamiyatda yashar ekan, u doimo turli o'ziga o'hshash shaxslar bilan muloqotda, o'zaro ta'sirda bo'ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro'y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o'rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish Sotsial psixologiya ning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Psixologik ma'noda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo'lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko'p: o'quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o'spirin yoshlar), ma'lum o'quv yurtida ta'lim olish istagi va hokazo. Ko'chada biror tasodif ro'y berganligi uchun to'plangan kishilar uchun ham umumiy bo'lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo'lib o'tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o'ziga xos qonuniyatlariga bo'ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari ko'p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning Sotsial psixologiya darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o'z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo'ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to'plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo'linadi. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil bo'ladigan bunday tabiiy guruhlarning o'zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo'linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o'z navbvtida endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog'onasiga ko'tarila olgan jamoa turlariga bo'linadi. Guruhlarning Sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta'rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni maqsad qilib qo'ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o'rganishga o'tamiz. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko'pchilikni tashkil etib, ma'lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta'minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko'p sonli bo'lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarining o'ziga xosligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.19 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.19 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga