Reja: Kichik maktab yoshida anatomo - fiziologik rivojlanish. Kichik maktab o'quvchilarida bilish jarayonlarining o'sishi. Kichik maktab yoshi davrida asosiy psixologik o'zgarishlar. O'quv faoliyatining strukturasi. Kichik maktab yoshida shaxs rivojlanishi va o'zaro munosabatlarning xususiyatlari. Refleksiya - bola o'z xatti-harakatlari, xulq-atvorini boshqalar bilan taqqoslash va o'zini xolis baholay olish xususiyatlari. Ko'rgazmali - obrazli tafakkur - narsa va predmetlarning bevosita idrok etiladigan obrazlariga asoslangan tafakkur turi. O'quv situaciyasi - konspekt amaliy masalalarni yechish yoki tushunchalarni o'zlashtirishning umumiy usullarini o'zlashtirish. Anatomo - fiziologik xususiyatlari. Umurtqa pog'onasining barcha bo'g'inlari shakllanadi, miyaning og'irligi 1400 gr-gacha etadi, uning analitik-sintetik faoliyati takomillashadi. Bolaning bo'yi va og'irligi, o'pkasi mutanosib o'sadi. Katta muskullar kichik muskullar sistemasidan avvalroq rivojlanadi. Shuning uchun serharakat, yugurib charchamaydigan, lekin yozuv mashqlaridan tez toliquvchan bo'ladilar. Shu sababli 1-2 sinflarda yozuv topshiriqlari juda ko'p bo'lmasligi kerak. Birinchi sinfda bolalarda uchraydigan asosiy qiyinchiliklar quyidagilar: Kun tartibi bilan bog'liq qiyinchiliklar. O'quvchi dars va uy vazifalarini bajarishi bilan bog'liq yangi kun tartibiga o'rganishi lozim. Buning uchun kattalar bolaga qo'yiladigan yangi talablarni tushuntirishlari va ularning bajarilishini nazorat qilishlari lozim. Muloqot bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lib, ular o'qituvchi bilan, sinfdoshlari bilan yangicha munosabatlar o'rnatilishi zaruriyati bilan bog'liqdir. Bu qiyinchiliklarni o'quvchilar o'quv yilining o'rtalarida his qila boshlaydilar. Birinchi sinf o'quvchilarida odatda maktabning tashqi atributlariga qiziqish mavjud bo'lib, o'quv materialining mazmuniga qiziqish esa zaif shakllangan. Shu sababli o'quvchida o'qishga qiziqish yo'qolishi, maktabga borishdan bosh tortishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarga aktiv intellektual harakatlarni talab qiladigan masalalar berish , oddiy yodlashni talab qiladigan masalalarni iloji boricha kamaytirish kerak. O'quv faoliyati. U quyidagi struktura tuzilishiga ega: O'quv situaciyalari. Unda o'quvchilar konkret amaliy masalalari yechish yoki tushunchalarni o'zlashtirishning umumiy usullarini o'zlashtirishlari kerak. O'quvchi ularni shunday muammoli vaziyat sharoitga qo'yish kerakki, unda o'quvchilar bu usullarni topa olishlari zarur. O'quv harakatlari. Har bir o'quv predmetida o'quv masalalarini yechish uchun bir nechta o'quv amallari va ularning ketma-ketligini bajarishni o'zlashtirish muhimdir. Buning uchun o'qituvchi dars davomida o'quv harakatlarining mashqlar yordamida mustahkamlanishini ta'minlashi lozim. O'quv faoliyati to'liq shakllanishi uchun yana bir komponent - nazoratning shakllanishi zarurdir. O'quvchi o'z harakatlarini va ularning natijalarini berilgan namunalar bilan taqqoslashi va baholay olishi kerak. Avval bu vazifani o'qituvchi bajaradi. Baho - o'quv situaciyasining talablariga erishilgan natijaning mos kelish-kelmasligi darajasini aniqlashdir. O'quvchining faoliyatiga qo'yiladigan baho sinf jurnaliga qo'yiladigan baho bilan cheklanmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi o'quvchi bilimini baholashning turli usullarini qo'llashi kerak. Bilish jarayonining o'sishi. Mazkur yoshdagi bolalar o'z idroklarining aniqligi, ravonligi bilan ajralib turadilar. Buni ularda birinchi signal sistemasining ustunligi bilan izohlash mumkin. Ta'lim jarayonida o'quvchilar idroki perqeptiv faoliyat ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc