Klassifikatsiya metodi Reja: 1. Klassifikatsiya tasnifi. 2. Ortikchasini uchirish. 3. aql o'lchashning Veksler shkalasi. 1.KLASSIFIKATSIYA TASNIFI guruhlar bo'yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan uzgartirilgan. Metodika umulashtirish va mavxumlashtirish jarayonlari darajasini o'rganish uchun kullaniladi. Shu bilan birga tajriba vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulk-atvori xususiyatlari, uning xatolariga munosabati hamda yordam berilganda ularni tuzatish qobiliyatlari kurinadi. Tajriba o'tkazish uchun har xil predmetlarning, o'simliklarning, hayvonlarning rasmlari tasvirlangan kartochkalar kerak bo'ladi. Bunda rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) taklif etgan rangli bezash, turli umumlashtirish darajalari aks etgan bo'lishi kerak. bog'cha bolalarini tekshirishda (S.Ya.Rubenshteyn,1970) kartochkalarning bazilaridan (o'lchash asboblari, o'quv qurollar) foydalanmaslik kerak, chunki bolalar ular haqida xech qanday tasavvurga ega emaslar. Bu metodikaning boshqa variantida predmetlarning, o'simliklarning, hayvonlarning nomlari kartochkalarga yozilgan bo'lishi mumkin. Bu (og'zaki) variantni kattarok bolalarni (3-4 sinf o'quvchilarini) tekshirishda qo'llash mumkin. Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti - predmetli klassifikatsiyadir, ikkala variantda xam bolalarning umulashtirish, yangi tushunchalarni shakllantirish qobiliyati aniklanadi. Sinaluvchiga quyidagi qo'llanma beriladi: «hozir siz turli predmetlar, o'simliklar, hayvonlar, tevarak-atrofdagi barcha narsalar tasvirlangan kartochkalar to'plamini olasiz. Siz ularni kaysi narsa nimaga kirishiga karab guruhlarga ajratasiz». Keyin tadqiqotchi bir kartochkani olib sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini suraydi. to'g'ri javob olgach uni bir tomonga kuyib kuyadi. Keyin navbatdagi kartochkani olib unda nima tasvirlanganini xam aniklaydi. Bu tasvirlar bir-biriga kanchalik o'xshashligi va farq qilishi, ularni bir guruhga kiritish mumkinligini aniklaydi. Sinaluvchi ko'rsatmani tushunib kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata boshlaganidan sung, tadqiqotchi tomonidan kursatiladigan yordam tuxtatiladi. Klassifikatsiya metodida og'zaki metodni qo'llashda xam yuqoridagi kabi ko'rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi sinaluvchiga predmetlarni belgilari va xususiyatlarini kursatib bir guruhga kiritish kerakligi haqida yul-yurik bermasligi kerak. Predmetli klassifikatsiya bo'yicha tajribalar 3 guruhda bajariladi. Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko'rsatma bo'yicha ajratadi. «tadqiqotchi tadqiqot karorida sinaluvchi harakatlarini: ajratish xususiyatlari (masalan, «shkaf», va «palto» yoki «velosiped» va «sportchi» kartochkalarini bir guruhga kiritlanligi)ni yozib beradi. Barcha kartochkalar guruhga ajratilib bulingandan sung ikkinchi bosqichga utiladi. Bir guruhdagi birlashtirish haqida sinaluvchiga qo'llanma beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o'z harakatlarini to'g'rilashga kirishgandan sung boshlanadi. Sinaluvchi ko'rsatilgan yordamni qanday kabul qilishga, o'xshash xatolarni to'g'rilay olishiga etibor karatiladi. Bu bosqich eng uzoq vaqt davom etadi, chunki bu bosqichda topshiriqni bajarish davomida nima uchun xar bir kartochka u yoki bu guruhga kiritilganligi aniklanib, barcha harakatlar batafsil yozib boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga kiritilganligini aniklanib, barcha harakatlar kiritilganligiga emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish qobiliyati xam aniklanadi. («mebel») «uy hayvonlari», «transport» va boshqalar), sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini birlashtirib, yanada kamrok guruhlar qolishi kerak va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc