Kommunikativ va ijtimoiy-perseptiv psixologik maslahat bo'yicha amaliy tavsiyalar

Kommunikativ va ijtimoiy-perseptiv psixologik maslahat bo'yicha amaliy tavsiyalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Kommunikativ va ijtimoiy-perseptiv psixologik maslahat bo'yicha amaliy tavsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Kommunikativ va ijtimoiy-perseptiv psixologik maslahat bo'yicha amaliy tavsiyalar Reja: O'ziga e'tibor qaratishni, odamlarda yaxshi taassurot uyg'otishni bilmaslik Maqtashni va ularga to'g'ri javob qaytarishni bilmaslik Odamlarning ijtimoiy rollarini aniq tushunish va baholashni bilmaslik Munosabatlar eng qulay shakli deganda odamlar o'rtasida simpatiya, hurmat, tan olish, shaxsan yoqtirish, ishonch kabi yaxshi shaxsiy munosabatlar o'rnatishga yordam beradigan shakli tushuniladi. To'g'ri munosabatlar shaklini o'zlashtinshda qiyinchilik his etishning bir necha sabablari bo'Iishi mumkin. Bunday sabablarni ikki asosiy - ichki va tashqi guruhlarga ajratish mumkin. Ichki sabablarga masalan, shu insonda odamlarga qiziqishi yo'qligi yoki bo'sh rivojlanganligi, o'ziga ishonchsizligi, rad etilishdan qo'rqishi, odamlar bilan emotsional ijobiy munosabatlarda bo'la olmasligi, o'z vaqtida kerakli so'zlar va xulqi shaklini topa olmasligi kiradi. Mumkin bo'lgan tashqi sabablar qatoriga muloqot uchun vaziyat noqulayligini, bir-biri bilan muloqotda bo'layotgan odamlarning salbiy individual xususiyatlarini kiritish mumkin. Ushbu bobda biz asosan, ichki xususiyatli sabablarni tahlil qilish va yo'qotishni ко'rib chiqamiz. Odamlarga qiziqish yo'qligi. Odamlarga qiziqish yo'qligi muammosi - bu motivatsion xususiyatdagi asosiy muammo hisoblanadi. U shu odamning boshqalarga munosabatiga taalluqli bo'ladi, shu bilan birga muammo odamlarga qiziqishi bo'lmagan, shaxsiy munosabatlarga intilmagan odamlarga emas, balki shunday qiziqishga ega bo'lgan va u bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o'rnatishga intilmayotgan odamlarga ham taalluqli. Lekin oqibatda bunday xulqidan bu odamning o'zi ham zarar ko'radi, chunki vaqt o'tishi bilan o'zining psixologik rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axborotlarni boshqa odamlardan olmay qo'yadi. U qiyin vaziyatlarda boshqa odamlar tomonidan zarur bo'lgan emotsional madad olishdan mahrum bo'ladi. Buni u awal tushunmasligi mumkin yoki tushunganida kech bo'lgan bo'ladi. Demak, ushbu muammolar bo'yicha psixologik maslahat o'tkazishda psixolog oldida ikki tomonlama masala yuzaga keladi. Bir tomondan u mijozga unda odamlarga qiziqish yo'qligi yoki yetarlicha rivojlanmaganligi uning o'ziga zarar keltirishini anglab yetishiga yordam berishi kerak. Boshqa tomondan maslahatchi mijozga bundan unga yaqin odamlari ham zarar ko'rayotganlarini tushuntirish kerak. Maria shu ikki masalalardan qay birini birinchi hal etishni tanlash mijoz uchun ushbu holatda ancha muhimroq ekanligiga bog'liq bo'ladi: boshqa odamlar uchun yaxshilik qilishlari kerakmi yoki o'zi psixologik rivojlanmoqchimi? Mijoz bilan shaxsiy suhbatlashish boshida psixolog-maslahatchi mana shuni bilib olishi kerak, undan keyingina psixolog maslahatning asosiy qismiga kirishishi mumkin. Yaqin odamlarga qiziqishi yo'qligi muammosi bilan murojaat qilgan mijozlarga quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Mijozga atrofdagi odamlarga qiziqishi unga nima berishi mumkinligi tushuntiriladi. Birinchidan, mana shu qiziqish sababli odamning hayoti yanada mazmunli bo'ladi. Ikkinchidan, o'zining ijobiy sifatlariga odam asosan, boshqa odamlarga taqlid qilish yo'li bilan ega bo'ladi va ularga qiziqish odamni shaxs sifatida boyitadi. Boshqa odamlarni kuzatib, ularga taqlid qilib, shaxsning o'zi yanada rivojlanib boradi. Uchinchidan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga