Mavzu: Kompyuter o'yinlariga tobe o'smirlarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi O'yinlardagi agressiya darajasini belgilash uchun mutaxassislar jalb etish zarur, chunki bazi kompyuter o'yinlari o'smirlardagi uyqusizlik, agressivlik, qo'rquv, achchiqlanish kabi holatlarga sabab bo'ladi. O'smir psixikasiga yomon ta'sir etadigan kompyuter o'yinlarini sotishni va o'yin klublarida foydalanishni qonun tomonidan taqiqlash lozim. O'smirga kompyuterda o'ynash erkinlik emas, balki imtiyoz ekanligini tushuntirish kerak. Kompyuterdan foydalanishni birdaniga taqiqlash aslo mumkin emas. Agar o'smirda kompyuter o'yinlariga tobelikka moyillik bo'lsa, u kompyuterdan oddiy kunlarda 2 soat, dam olish kunlarida esa 3 soatdan ortiq foydalanmasligi zarur. Albatta bu orada dam olish vaqtlari ham bo'lishi shart. Ommaviy axborot vositalarida uzluksiz ravishda kompyuter o'yinlarining o'smir psixikasiga ta'sirini ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib borish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz. Ota-onalar o'smir o'ynayotgan o'yinlarga alohida ahamiyat berishlari lozim. O'smir o'ynayotgan o'yinlar doirasida aqliy rivojlantiruvchi, mantiqiy o'yinlarning ko'proq bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy soatlar va Sog'lom avlod darslari doirasida o'quvchilarga, maktab jamoasiga va ota-onalarga kompyuter o'yinlarining ijobiy va salbiy taraflari haqida ma'lumotlar berib borish lozim. Ammo kompyuter o'yinlari faoliyat shakli sifatida kirib kelishi bir tomondan ijobiy xarakter kasb etsa-da, ikkinchi tomondan uning salbiy ta'siri mavjud. Kompyuter o'yinlari insonni mulohazalashga, aqlini charxlashga va psixomotor harakatlarni shakllanishga imkon yaratadi. Shunday bo'lsa-da, kompyuter o'yinlari shaxsni ijtimoiylashuvidan, shaxslararo munosabatdan yiroqlashuvi, o'zini ichki qobig'iga o'ralashib qolishi, yani psixologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Inson rolli kompyuter o'yinlari bilan tanishib, uni o'ynaganidan so'ng bu mexanizmlar inson ongiga va kompyuter o'yinlarini o'ynash motiviga bog'liq bo'lmagan holda ishlab ketadi. Yani inson birinchi marotaba kompyuter o'yinlarini o'ynaganda nimaning ustidan hukmronligiga bog'liq bo'lmagan holda bog'lanishning shakllanish mexanizmi ishlay boshlaydi. Kompyuter o'yinlari unchalik chuqur tarixga ega bo'lmasa-da, kompyuter o'yinlaridan butunlay uzilish holati sanoqli bo'lgan. Inson bundan oldingi davrlarda bog'lanib qolishning shakllanishini to'xtatish mumkin, unda bog'liqlik tezroq so'nadi. Agar inson kompyuter o'yinlariga bog'liqlik shakllanishning uch davr holatidan o'tsa, bu davrda u uzoq vaqt mobaynida bo'ladi. O'tkazilgan so'rovnoma orqali aniqlanishicha, 80 %i 5-7 sinf o'quvchilari kompyuter o'yinlari bilan kun o'tkazishi va 10-12 yoshdagilar 4-6 yillik tajribaga ega ekan. Bu ularni kompyuter o'yinlari bilan ko'proq band bo'layotganligidan darak beradi. 1. I.Burlakov «Psixologiya kompyuternix igr» «Nauka i Jizn» 199g. № 5,6,7,8,9 2. Shapkin A. Kompyuternie igru: novaya oblast psixologicheskix issledovaniy. Psixologicheskiy jurnal 199 №1. 3. Shmelev A. Mi popravimix oshibok. Vuchislitelnaya texnika i ee primenenie. Kompyuternie igru-1988 №3. 4. Fomicheva YuV, Shmelev A G, Burmisprov I.V. Psixologicheskie korrelyatu uvelechennosti kompyuternimi igrami. Vestnik MGU. Ser.14. Psixologiya. 1991 №3 5. Elkonik D.B «Psixologiya igri» M.1978 Foydalanilgan adabiyotlar: E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
716.44 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
716.44 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: pptx