Ko'rish idrokini tadqiq etish

Ko'rish idrokini tadqiq etish

O'quvchilarga / Psixologiya
Ko'rish idrokini tadqiq etish - rasmi

Material tavsifi

R e j a : Idrok xossalarining umumiy tavsifi. Passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish. Idrokning konstantligini o'lchash. Ko'rish idrokidagi adaptatsiyani o'rganish. Hozirgi zamon psixologiyasida obyektiv borliqni aks ettirishning bir nechta darajasi farqlanadi: sensor, pertseptiv (birlamchi obrazlar), tasavvur va xayol (ikkilamchi obraz), nutq- fikrlash darajalaridir. Idrok ham sezgilar kabi obyektiv borliqni bevosita aks ettiruvchi jarayonlar tarkibiga kiradi. Idrok deganda, obyektiv vokelikdagi predmet va hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etishi natijasidagi subyektiv aks ettirish tushuniladi. Bu ta'sir natijasida subyektda narsa va hodisalarning yaxlit obrazi shakllanadi. Sezgilardan farqli o'laroq idrok hissiy bilishning yangi bosqichi bo'lib, predmet va hodisalarni barcha xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrok obrazlarida obyektlarning muhim xususiyatlari: fazodagi joylashgan o'rni (lokalizatsiya), uzoq-yaqinligi, yo'nalishi, relyefi, hajmi, davomiyligi, izchilligi va boshqalar aks ettiriladi. Bu xususiyatlar idrokning makon va zamondagi tuzilishini tashkil etadi. SHu bilan birga idrok modallik va intensivlik (jadallik) xususiyatiga ham ega. Idrokning modalligida analizatorlar qabul qilayotgan tashqi qo'zg'atuvchilarning sifat jihatdan farqlari ajratiladi. Intensivligi esa tashqi olamdan kelayotgan qo'zg'atuvchilarning miqdoriy quvvat ko'rsatkichlarini aks ettiradi. Idrok ruhiy jarayon sifatida yana yuksakrok xususiyatlarga ham egadir. Bu xususiyatlar - predmetlilik, konstantlik, yaxlitlik, ma'lum tartibda tuzilganlik va umumiylikdan iborat. Mazkur mavzuda biz tuyish va ko'rish idrokini eksperimental o'rganish metodlariga, ularni tahlil qilishining eng oddiy usullariga murojaat qilishimiz mumkin. Tuyish tushunchasidan ikki xil o'rinda foydalanilishi mumkin. Birinchidan - teri sezgirligini ifodalash maqsadida. Bu holda uning - harorat, og'riq va taktil sezgirlik turlari farqlanadi. Ikkinchi tomondan - gaptik sezgirlik sifatida namoyon bo'lib, uning taktil va kinestetik turlari ajratiladi. Gaptik sezgirlik - paypaslab ko'rish orqali hosil bo'ladi. Agar obyekt qo'lda tinch holatda tursa, bu passiv tuyish bo'ladi. Tekshiriluvchi predmetni paypaslab ko'rganda faol tuyish haqida so'z borishi mumkin. Predmetni paypaslab ko'rish jarayonida ikki qo'l ham ishtirok etsa bimanual tuyish hisoblanadi. Predmetlarning shakli idrok qilishda aktiv va passiv tuyishning rolini aniqlash maqsadida quyidagi tajribani o'tkazish mumkin. Tajriba IV bosqichdan iborat. Har bir bosqichda qo'zg'atuvchi sifatida shakli va murakkabligi jihatidan turlicha bo'lgan 3 tadan figura yoki geometrik shakl beriladi. V bosqichda esa tuyish obrazlari hosil bo'lishida har ikki qo'lning o'zaro ta'siri o'rganiladi. Tajriba jihozi - qattiq kartondan yasalgan burchaklari va shakli bir - biridan farq qiladigan geometrik shakllardir. Tajriba natijalari I - IV bosqichlar uchun alohida va V bosqich uchun alohida tahlil qilinadi. Tekshiriluvchilarning javoblari 5 ballik shkala asosida baholanadi. Har bir bosqich bo'yicha o'rtacha qiymat aniqlanadi va xulosa chiqariladi. Idrok sharoiti o'zgarsa ham tashqi muhitdagi predmet va hodisalarni o'zgarmasdan idrok qilinishi idrokning konstantligi deb aytiladi. Bu muammoning qiziqarli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga