Korreksion psixologiya amaliy psixolog faoliyatining bo'lagi sifatida

Korreksion psixologiya amaliy psixolog faoliyatining bo'lagi sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Korreksion psixologiya amaliy psixolog faoliyatining bo'lagi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Korreksion psixologiya amaliy psixolog faoliyatining bo'lagi sifatida Reja: 1.Psixologik korreksiya va rivojlantiruvchi ishlar haqida ma'lumot. 2. Korreksion psixologiyaning amaliy psixolog faoliyatidagi o'rni. 3. Psixologni turli yoshdagi bolalar bilan olib boradigan psixokorreksion ishlarida individual o'ziga xosligini hisobga olish. 4. Korreksion ishlar jarayonida psixolog va mijoz o'rtasidagi munosabatni hisobga olish. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy etibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo'lib kelgan. XX asr bo'sag'asida psixologiya fani va uning ilg'or vakillari o'zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko'rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo'ldilar. Umuman, psixologik xizmat ko'rsatish muammosi malum manoda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo'nalishlaridan biri sifatida ko'p bor munozaralar manbai bo'lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo'lmish hindiston, Xitoy, Mirs, Vavilon, O'rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) haqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta'limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o'z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko'rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdagi o'ziga xos psixologik salohiyatning ne chog'lik to'la-to'kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma'naviy taraqqiyot yo'liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu bosdan bo'lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo'lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o'z fuqarolarining ma'naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo'llarini izlashga jiddiy etiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Prezident I.A.Karimovning ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi farmoyishi orqali qatiy takidlanganidek, bugungi kunda odamlarning o'zliklarini chuqur anglashini, musta qillikning qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg'onishini ta'minlash ma'naviyat sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi lozim. Prezidentimiz o'zining O'zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo'lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o'zaro ajralmas, bir-birini to'ldiradigan, o'zaro ta'sir va aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy o'nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta takidlaydi. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi Barkamol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.62 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.62 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga