Korreksion psixologiyada psixodinamik yo'nalish Reja: 1. Korreksion ishlarni bajarishda psixodinamik yo'nalish metodlari. 2. Korreksion psixologiyaning usul va texnikalari. 3. Psixodinamik yo'nalish texnikasi o'yin terapiyasi sifatida. 4. Syujetli o'yinlar, strukturali o'yinlar, o'yin materiallari va bolalar rasmlarini interpretatsiya muammolari). Psixodinamik nuqtai nazar - ishlangan va obruyga ega bo'lgan yo'nalish bu psixonalitik yo'nalish bo'lib, Freyd va gummanistik psixologiya asoschisi K.Rodjers nazariyalarida aks etgan. Psixodinamik yo'nalish 19 asrning 50-60 yillarida davolanishning ikkinchi asosiy usuli sifatida kullanilgan. Bu yo'nalishda o'yin, san'at bilan davolash yoki rasmlar bilan davolashdir. Bolalar yoshi uchun tuzatish ishlarining yaxshisi sinalgan usuli o'yin bilan davolash hisoblanadi. Davolovchi bola Bilan birga uynaydi va bolaning o'zi erkin uynashi mumkin va shu urinda uch asosiy tuzatish vazifalari bajariladi. Bola o'zini ko'rsatishga imkoniyati kengayadi. hissiy barqarorlik va o'zini boshqarishda erishiladi. Bola kattalar sistemasidagi munosabatlari korreksiya kilinadi. o'yin bilan davolashning usuli farqlanadi. 1) Individual 2) guruhiy Psixolog olim Rodjers kaysi usulda qanday vaqtda foydalanish mumkinligi haqida shunday deydi: Bolaning ijtimoiy moslashishi haqida gap ketganda guruhiy davolash individual davolashga karaganda foydalirokdir hissiy qiyinchiligi haqidagi muammolarni yechishda esa, individual davolashdan foydalaniladi. o'yin bilan davolash quyidagi xollarda o'tkaziladi: - Ijtimoiy etilmay qolishlik ( infantlilizm ) kelisha olmaslik, oda- movi, yani odamga kushilmaslik tez moslashuvchanlik, xar kimning aytganini qilish, xulk - atvorning buzilishi va zararli odatlari mavjud bo'lganda. Agar individual o'yin bilan davolashni aqliy nosog'lomlikning ogir formalarida o'tkazib bulmasa, guruhiy o'yin bilan davolash uchun qarshi ko'rsatkichlar doirasi kengayadi. Bunday qarshi ko'rsatkichlar kuyidagilar: yakkol ifodalangan bolalar kizganishi , tez jinsiy etilishi, xaddan tashqari tajovuzkorligi va boshqalar. Barcha yuqoridagi xollarda avval individual o'yin bilan davolab, keyin guruhiy o'yin bilan davolash o'tkaziladi. O'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning oqibatida har o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni barqarorlashtiradi, o'z - o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi. O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko'nikma va malakalarga aylanishini ta'minlash, balki o'quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi. Pedagog va psixolog olimlar - D.N.Uznadze, L.S.Vugotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o'yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma'lumotlarga egamiz. O'yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi: ta'limiy (psixologik) maqsad; tarbiyaviy maqsad; faoliyatni rivojlantirishga yo'naltiruvchi maqsad; ijtimoiy maqsad. G.K. Selevkoning fikricha, o'yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo'ladi: 1. Psixologik o'yinli darslar Psixologik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.3 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.3 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc