Liderlik psixologiyasi

Liderlik psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Liderlik psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Liderlik psixologiyasi Reja: 1. Rahbarlik sifatlari. rahbarning ishbilarmonlik va shaxslilik xususiyatlari. 2. Lider xususiyatlari haqidagi konsepsiyalarning talqini va tahlili. 3. Liderlik uslublari. 4. Liderning yunalganlik shkalasi. 5. Liderlikning ikki o'lchamli modeli: «Tashabbus» va «o'zaro munosabatlar» lider xatti-harakat turining omili sifatida. 6. rahbarningn qanday qilib ish vaqtidan samarali foydalanish haqida 7. vaqtni rejalashtirish maqsadlarni amalga oshirishning asosi sifatida. 8. rahbar kun tartibining asosiy prinsiplari. 9. boshqaruvda vaqtni va maqsadlarni rejalashtirish. Lider asosan, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U xech qachon yolg'iz bo'lmaydi, guruh a'zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a'zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va xoka'zolarini xammadan xam yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari xam alohida o'rganilgan. guruhda rahbarlik haqida fikr ketganda, avvalo, guruh haqida qisqacha psixologik izox bermoqchimiz. guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin xar bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan . farq qiladi va o'ziga xos qonuniyatlarga bo'ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Shu guruhdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi rahbardir. guruhda rahbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo'ladi. Bundan tashqari, rahbar liderda yo'q bo'lgan rag'batlantirish tizimiga ega bo'lib, shu asosda o'z xodimlariga ta'sir o'tkazishi mumkin. rahbar guruhda u yoki bu qarorlar va ko'rsatmalarni o'z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko'plab rasmiy ko'rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo'ladi. guruhdagi o'zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo'lab, guruh a'zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni o'z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «boshliq» tushunchalari o'rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: 1. Lider guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 2. Liderlik kichik guruhlardagina xos bo'lgan hodisa bo'lsa, rahbarlikning xaq-huquqlari katta guruhlar doirasida xam sodir bo'lishi, amalga oshirilishi mumkni; 3. Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo'lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo'ladigan hodisadir; 4. Liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo'lib, guruh a'zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo'nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro'y beradi; 5. rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo'q bo'lgan jazolash va rag'batlantirish tizimiga ega bo'lib, shu asosda o'z xodimlariga ta'sirini o'tkazishi mumkin. Bu psixologik ta'sir shundayki, biron - bir manfaatni ko'zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko'tarinki rux bilan rag'batlantirib mukofatlab tursa, o'sha yerda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.6 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.6 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga