Logopedik tekshiruv Reja: 1. Nutqning inson hayotida tutgan o'rni. 2. Nutqning turli tarkibiy qismlarini tekshirish usullari. 3. Bolalar nutqini tekshirishda qo'llanadigan o'yinlar. TPPK va tibbiy-pedagogik-psixologik tashxis markazlariga keltirilgan bolalarni tashxis qilishda ishni, eng avvalo, ular nutqini logopedik tekshirishdan boshlash zarur. Bunday yondashuv nutqning inson hayotida muhim o'rin egallashi, uning ruhiy jarayonlarning omili ekanligi bilan asoslanadi. Tashxis qilishda quyidagi logopedik tekshirishlar olib boriladi. Bolalarda tovush talaffuzining tuzilishini tekshirish. Nutqi me'yordan chetga chiqqan bo'lgan bolalarni o'z vaqtida to'liq tekshirish juda muhim o'rin tutadi. O'z vaqtida nutq nuqsonlarini aniqlash logopedik tekshiruv yordamida bolaning 4 yoshigacha bo'lgan davri ichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bolalarda logopedik tekshiruv, eng avvalo, artikulyatsion apparatning tuzilishi va uning harakatchanligini puxta o'rganishdan boshlanib, so'ng tovushlar talaffuzining holatini o'rganish bilan yakunlanadi. Bunda fonematik idrok tuzilishini ham aniqlash muhimdir. Artikulyatsiya apparatini tekshirish. Bolaning bazi artikulyatsiya (talaffuz) qilish organlarini tekshirish lab, til, tishlar, jag'lar, tanglay tuzilishini o'rganishni o'z ichiga oladi. Bunda logoped organning nuqsonlari bor-yo'qligini, me'yorga mosligini tekshiradi. Tekshiruv vaqtida quyidagi anomaliya (me'yordan chetga chiqish)larni kuzatish mumkin: Lablar: qalinligi, go'shtliligi, kaltaligi, kamharakatliligi; tishlar: qiyshiqligi, maydaligi, jag'lar yoyidan tashqarida joylashishi, yirikligi, tishlar oralig'ining zichligi, ochiqligi; prikus (tishlam): old qismi ochiqligi, yon tomonlarining chuqurligi, yuzaligi; Jag'lar: yuqori yoki pastki qismining oldinga turtib chiqqanligi; qattiq tanglay: baland, past, yassi yoriqlikning bo'lishi; yumshoq tanglay: kalta, ikkiga bo'linganligi, yo'q bo'lishi; til: kalta, uzun, tor, juda katta, yuganchasining kalta bo'lishi. So'ng, artikulyatsiya apparatining harakatchanligi tekshiriladi. Bunda logoped bolaga taqlid usuli bilan qator mashqlarni bajarishni topshiradi. Masalan: til bilan labni yalash, uni burun, iyak, chap quloq, o'ng quloq tomonga harakat qildirish; iloji boricha tashqariga va ichkariga tortish; lablarni cho'chchaytirish va iljayish holatiga keltirish; pastki jag'ni oldinga chiqarish, so'ng orqaga harakatlantirish; og'izni katta ochish, so'ng yopish va h.k.z. Mashqlarni bajarish jarayonida logoped organlar harakatchanlanligining erkinligi, tezligi, bir harakatdan ikkinchisiga o'tishining amalga oshirilishi qay darajada ekanligini aniqlaydi. Tovushlar talaffuzini tekshirish. Ushbu tekshiruv natijasida bola u yoki bu tovushni aniq talaffuz qilishi va uni mustaqil nutqda qo'llay olishi aniqlanadi. Gap va so'zlar ifodasida tovushlarning almashtirilishi, chalkashtirilishi, bazilarining yo'qligi aniqlanadi. Bundan tashqari bolaning turli murakkablikka ega so'zlarda tovush va bo'g'inlarni tushirib qoldirishi yoki o'rnini almashtirishi holatlari ham kuzatiladi. So'zlarda tovush talaffuzini tekshirishni olib borishda buyum va predmetlarni ifodalovchi rasmlar to'plami kerak bo'ladi. Rasmdagi so'zlar ichidagi tekshirilayotgan tovush uch holatda: so'zning boshi, o'rtasi va oxirida berilishi lozim bo'ladi. Masalan: S: soat, kosa, tovus; Z: zanjir, dazmol, piyoz; Sh: sham, eshik, teshik; J: jo'ja, marjon, toj; Ch: choy, sichqon, saqich; L: lavlagi, buloq, g'alla; R: rayhon, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.64 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.64 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc