Maktab psixologining huquqlari Reja: Psixolog sizning hayotingizda hammasi joyidami? «Men sizga yoqamanmi?» o'yini «Muammo o'yini» «Oilaviy kelishuv o'yini» Maktabda o'z-o'zini qanday topish mumkin? Maktab ma'muriyatiga ta'sir ko'rsatadigan qiyinchiliklar. Psixologning pedagogik jamoaga kirishishi muammosi Hayotiy vaqtlarni tashkil qilish muammosi O'quvchilar va ularning ota-onalari bilan yangi munosabatlarni o'rnatish Oilaviy muammolar Maktab psixologdan nimalarni kutadi? Maktab psixologni sudya sifatida kutadi Maktabdagi faoliyatni qulay tashkil etish muammosi Maktab sehrgar - psixologni kutadi Amaliyotchi psixologning o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar hayoti bo'yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo'lmay turib, maslahat berishga haqqi bormi? Bu muammo birinchi navbatta oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash masalalariga tegishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan beri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kelishmadi. Ba'zilar bu savol xirurg haqidagi: «biror marta operastiya stoliga yotmasdan, operastiya qilishga haqqi bormi?» - degan savolga o'xshaydi, deyishadi. Ma'lumki, tibbiyotda bunday savol Tug'ilsa ilmaydi. Shuning uchun, psixologlarning birinchi guruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har - xil yoshdagi insonlar bilan turli muammolar bo'yicha ishlashni bilishi kerak, deb hisoblaydilar. Psixologning xususiy hayoti va shaxsiy tajribaning mavjudligi yoki yo'qligi katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu kasbiy mahorat (professionalizm). Boshqa psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim ahamiyatga ega, hech qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari haqida o'n soatlik ma'ruzani eshitish mumkin, lekin agar siz yaqin kishingiz bilan bo'lgan nizoni boshdan kechirmagan bo'lsangiz, munosabatlarni buzmasdan amaliy hal qila olmagan bo'lsangiz, ish joylaringizda nizolarni boshqarishga kirishmang. Bunda sizda faqat texnika va faqat kasbiy mahorat namoyon bo'ladi, sizning ichki dunyongiz, ruhingiz, sizning boshdan kechirganlaringiz, sizning dardingiz bo'lmaydi. Shunday qilib, kasbiy ishda texnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan kechirayotgan ichki dunyo, ruh - ikkisidan biri bo'lishi kerak. Nima uchun «va» so'zini emas, yoki so'zini ishlatish kerak Bizningcha, amaliyotchi psixologning kasbiy ishi - bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir. Birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar va shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin. -Pianinochini kuzatsak. U soatlab texnik vosita hisoblanmish, qo'l va barmoqlarni mashq qiladi. Lekin u chalayotganda «texnik barmoqlari» tagida asar «musiqaviy hayot» sifatida yashay boshlaydi, o'zining musiqiy ruhiyatiga ega bo'ladi. Siz doim texnik ijrochi bilan mumtoz ijroni ajrata olasiz. Texnika - faqat asos, haqiqiy ijod etishib chiqadigan yer, negizdir. Psixolog sizning hayotingizda hammasi joyidami? Maktab psixologlari, umuman amaliy sohadagi ishlaydigan psixologlarga atrofdagilar boshqacha munosabatda bo'ladilar. Men oramizda nima bo'layotganiga tushunmayman? «Siz psixologsiz-ku, hammasini tushunishingiz va tushuntirishingiz kerak»,- deyishadi. Yuqori sinfda o'qiydigan qizi onasiga: «Oyi, siz nimadir qiling, psixologsiz-ku». Maslahatga kelgan mijoz: ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.24 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.24 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc