Maktab psixologining kasbga tayyorgarligi

Maktab psixologining kasbga tayyorgarligi

O'quvchilarga / Psixologiya
Maktab psixologining kasbga tayyorgarligi - rasmi

Material tavsifi

Maktab psixologining kasbga tayyorgarligi. Haqiqatdan ham, maktabga qanday psixolog kerak? Qiziq savol. «Har-xil» psixologlar mavjudmi? Ha albatta! har xil kasblar, ularga mos har xil psixologlar mavjud. Maktabda o'zlarini psixolog deb hisoblaydigan insonlar bilan uchrashganingizda, har-xil insonlarni ko'rishingiz mumkin. Sizning ko'z oldingizda kam gap hech bilan qo'shilmaydigan, uncha o'ziga tortmaydigan inson ko'rinishi mumkin. Shu bilan birga, hamma bilan chiqishib ketadigan, xushchaqchaq, sergap, chiroyli inson ko'rinishi ham mumkin. Natijada siz har-xil taassurot olasiz. Kutilmagan va eng yoqimli taasurotlar olishingiz mumkin Maktabga qanday psixolog kerak Maktabga eksperimentator-psixolog ishlash uchun keldi. U o'zining «ishchi muammosini» tanlaydi, tadqiqot obyektini aniqlaydi, ekperiment tashkil qiladi, murakkab diagnostik metodikalarni va boshqa metodikalarini qo'llaydi, eksperimental material yig'adi, ularni qayta ishlaydi va psixologik jurnalga maqola yozadi. Ko'pincha o'quvchilar va o'qituvchilar ishtirok etgan tatqiqot ishlari haqida ma'lumot berilmaydi. Agar psixolog eksperimentator tadqiqot natijalari bo'yicha maktabda ma'ruza qilsa-da, ko'proq «taraqqiyot darajalari, tadqiqot metodlari», «korreksion bog'lanishlar» haqida to'xtalib o'tadi. Bunday tahlilda o'qituvchilar o'zlari haqida hech narsa bilib olmaydilar, o'zlarini «tajriba o'tkazuvchi quyonlar» sifatida foydalanganliklarini his qiladilar. Psixologik fakultet talabalari va yosh maktab psixologlariga ko'p muhim savollar berishadi, bu savollarga bir xil javob berish mumkin emas. Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy treninglar o'tkazish bilan shug'ullanish yaxshimi? - Ota-onalar o'qituvchilar va o'quvchilar bilan muloqatda yumshoq bo'lgan yaxshimi yoki qatiy turgan yaxshimi? - Menga ko'proq qaysi psixotexnika to'g'ri keladi: «geshtaltterapiyami, psixodrammami yoki tana terapiyasimi? - Qaysi yosh davri bilan shug'ullanganim yaxshi: kichik maktab o'quvchilari, o'smirlar, o'spirinlar? - Qaysi muammoni tanlaganim yaxshi? -O'zim bir necha marta turmushga chiqib, hozir ajrashib, yolg'iz yashayotgan bo'lsam, oilaviy juftlarga maslahat bera olamanmi? Psixologik kasbda qanday qilib o'z o'rnini topish mumkin Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo'lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo'lishi va barcha ishlarni bajara olishi kerak. Har bir psixolog o'zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari negizida o'zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin. Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, temperament, xarakter, energiyani sovg'a qilganki, ularning bari konkret insonning «rang, tovush, tam va hid» ini, uning psixoenergetik atmosferasini tashkil qiladi. Psixolog foydali va muvaffaqiyatli bo'lishi uchun o'zini «qo'l ostidagi ish quroliday» bilishi kerak. Albatta, maktabda ikkala usul bilan ham ishlashga to'g'ri keladi, lekin tanlash imkoniyati mavjud bo'lsa, sizning individualligingiz uchun qaysi usul ko'proq mos keladi, siz qaysi usulda kuchli ekanligingizni qanday tushunish mumkin. 30 yoshlardagi maktab psixologi o'qituvchilar va o'quvchilar bilan guruhiy treninglar o'tkazadi. Umuman treninglar muvaffaqiyatli o'tadi, lekin mashg'ulotlardan so'ng kuchli charchoq sezadi, kasal bo'lib qoladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 834.12 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 834.12 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga