Markaziy asab tizimining o'smalari Bosh miya o'smalari juda keng tarqalgan kasallik. Bosh miya o'smasi odam yoshiga bog'liq bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Ular erkaklar va ayollarda bir xilda uchraydi. Hamma o'limlar ichida 1 % I bosh miya o'smasiga to'g'ri keladi. O'smalardagi klinik manzara 3 xil ko'rinishda bo'ladi: I. Umumiy miya belgilari. II . Dislokatsiya, ya'ni bosh miyadagi o'smaning boshqa to'qimalarga qisilishi. II . Mahalliy miya belgilari, bunda o'sma bosh miyaning qayeri zararlanishiga bog'liq bo'ladi. I. Umumiy miya belgilari. 1. Bosh og'riq - ba'zan juda qattiq, boshning hamma joyida, bosuvchi, og'irlik beruvchi tarzda bo'ladi. Bosh og'riq boshni qimirlatganda, egilganda kuchayadi. Miyada qon va likvor aylanishi buzilishi natijasida paydo bo'lgan bosh og'rig'i miya o'smasining dastlabki belgisi hisoblanadi. Bosh og'riq, asosan, kechasi yoki ertalab zo'rayib ketadi. Og'riq ertalab bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Bemor ertasiga ham davom etadigan bosh og'riq bilan uyg'onadi. Avval bosh og'riq chegaralangan sohada bo'ladi, keyinchalik og'riq doimiy bo'lib qoladi. Bosh og'riq, asosan, jismoniy zo'riqishda, hayajonlanganda, yo'talganda, aksa urganda, qayt qilganda yoki boshni oldinga egganda zo'rayadi. 2. Qusish - bosh og'riq kuchayganda bemor qusadi, qusish ovqat iste'mol qilishiga hamda tana holatining o'zgarishiga bog'liq bo'lmaydi. Miyaning ichki bosimi oshganda bemor qayt qila boshlaydi. Bosh miya o'smalarida qayt qilish ko'proq nahorda kuzatiladi. 3. Bosh aylanish - o'smalar ko'proq bosh miyaning qaysi qismida o'sishiga bog'liq bo'ladi. Bosh aylanish dastlab kamroq, qisqa vaqt davom etsa, keyinchalik o'sma kattalashgan sayin ko'proq kuzatiladi. 4. Ruhiy o'zgarish - bosh miya o'smalarida boshda suyuqlik bosimining oshishi ruhiy o'zgarishlarga olib keladi, bemorda o'z-o'ziga tanqid pasaydi, karaxtlik, kayfiyatning buzilishi, depressiya holatiga olib keladi. Tutqanoq xurujlari ham kuzatiladi. 5. Ko'rish nervining so'rg'ichida qon tutilib qolishi hamda bosh miya bosimining oshishi o'smaning toksik ta'sirida paydo bo'ladi. Bu belgilarning paydo bo'lishi, asosan, o'smaning qayerda joylashganiga bog'liq. Bu belgi miyacha, IV qorincha, chakka bo'limlarida kuzatiladi. Bunda ko'z oldining qorong'ilashishi, ko'rish o'tkirligining pasayib ketishi, ko'rish nervida qon to'planganligidan darak beradi. Kasallik kuchaygan sari ko'ruv nervi atrofiyalanib boradi, keyinchalik bemor, umuman, ko'rmay qolishi mumkin. Ko'z tubida ko'ruv nervining dimlanishi, qon tomirdagi qonning turib qolishi, tomirlarning kengayishi natijasida yuzaga keladi. 6. Bosh miya xavfsiz o'smalar ta'sirida bemorda uzoq yil davomida tutqanoq xurujlari klonik-tonik ko'rinishda bo'ladi. Xavfli o'smalarning boshlanishida tutqanoq xurujlari bilan birga, hushdan ketish va ruhiy o'zgarishlar kuzatiladi. 7. Orqa miya suyuqligi tarkibining o'zgarishi - suyuqlik bosimi baland, rangi o'zgarmagan tiniq, tekshirganda, asosan, oqsillar ko'p bo'ladi. 8. Bosh miyaning kalla suyagini rentgenografiya qilganda gipertenzion belgilar: qon tomirlar ko'rinishining bo'rtganligi, barmoqlar izi va turk egarining silliqlashishi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.25 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.25 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc