Markaziy asab tizimining yuqumli kasalliklari meningitlar Meningit - bosh va orqa miya yumshoq pardalarining o'tkir yallig'lanishi. Meningitlar, asosan, yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Chaqirilishiga qarab birlamchi va ikkilamchi meningitlarga bo'linadi. Birlamchi meningit kasalligi to'g'ridan-to'g'ri pnevmokokklar, meningokokklar, stafilakokk va viruslardan keyin kelib chiqadi. Ikkilamchi meningitlar esa ba'zi kasalliklardan keyin quloq, burun-halqumning yiringli kasallikari, tif, zaxm, sil kasalliklarining asorati sifatida paydo bo'ladi. Yallig'lanish jarayoniga va orqa miya suyuqligining tarkibiga qarab yiringli va seroz meningitlarga bo'linadi. Hamma meningitlarda quyidagi meningial belgilar kuzatiladi: 1. B osh og'riq, miya pardalaridagi sezuvchi retseptorlarning ta'sirlanishidan kelib chiqadi. Bosh og'riq hamma vaqt boshning barcha tomonida, ko'proq ensa va peshana qismida bo'ladi. Bosh og'riq V-X juft KBM nervlarining toksik yoki mexanik ta'sirlanishi (bosh miya bosimining oshishi) dan keyin paydo bo'ladi. 2. Qusish - markaziy xarakterga ega bo'lib, ovqat yeyishga bog'liq bo'lmaydi. 3. Giperesteziya - bemorlar yorug'likni, tovushni, shovqinni juda yomon his qiladi. 4. Ensa mushagining tarangligi - bo'yin mushaklari tarang tortilib qoladi. Orqa miya ildizlarining ta'sirlanishi natijasida kelib chiqadi. 5. Kernig va Brudzinskiy (yuqori, o'rta, pastki) belgilari. 6. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda katta liqildoq tarangligi. 7. Lessaj (osiltirish) belgisi - bolani qo'ltig'idan ko'targanda oyoqlarini bukib tizzasini qorniga tekkizadi. 8. Uch oyoq belgisi - bemor qo'lini orqasiga qilib o'tirgan vaqtda oyoqlarini tizzasidan bukib oladi (20-rasm). Yiringli meningit . Uning qo'zg'atuvchilari meningakokk, pnevmakokk, stafilokokk, streptokokk, salmonellalar, ichak tayoqchalaridir. Bolalarda ko'proq uchraydi, sababi gematoensefal baryer to'liq yetilmagan bo'ladi. Bu meningitlarning qo'zg'atuvchilari yuqori nafas yo'llari orqali organizmga kirib, u yerda ko'payadi va yuqori nafas yo'llarining yallig'lanish belgilarini namoyon qiladi. Keyinchalik limfa tugunlarida ko'payib, qon orqali bosh miya pardalariga boradi. Meningit boshqa surunkali kasalliklar (otit, zotiljam, abssess, sepsis) dan keyin ham paydo bo'ladi. Kasallikning yashirin davri 3-5 kun davom etadi. Klinik manzarasi. Kasallik to'satdan, o'tkir boshlanib tana haroratining 39 - 40°C gacha ko'tarilishi, qusish, titrash, yosh bolalarda sababsiz baqirib yig'lash bilan kuzatiladi, katta yoshdagilar kuchli bosh og'riqdan shikoyat qiladilar. Bemorning hushi karaxt, ruhiy bezovtalik, alahsirash va og'ir hollarda hushning yo'qolish holatlari bo'ladi. Agar yallig'lanish miyaning tepa qismida (konveksital) bo'lsa, qaltirash belgilari meningial belgilar bilan kechadi. Qaltirash belgilari ko'proq yosh bolalarda uchraydi. Kasallikning 2-3-kunidan boshlab meningial belgilar paydo bo'ladi (ensa mushagi tarangligi, Kernig, Brudzinskiy belgilari). Bemor boshni orqaga tashlab, oyoqlarini qorin bo'shlig'iga yaqinlashtirib yotadi. Yosh bolalarda katta liqildoq taranglashgan bo'ladi. Giperesteziya, pay reflekslari oshgan, II - IV -VII -VII -XII juft bosh miya nervlarining zararlanishi kuzatiladi. Agar yallig'lanish miyaning asosida bo'lsa, unda bemorlarda g'ilaylik, ko'zga narsalarning ikkita bo'lib ko'rinishi, yuqori qovoqning osilib qolishi, yuz mushaklarida asimmetriya kuzatiladi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc